Buxoro yangiliklari

IIB xodimlari Qorako‘l va G‘ijduvonda paxtani noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan fuqarolarni qo‘lga oldi

photo 594

Loading

Joriy yilning 17-sentabr kuni Qorako‘l tumanida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidab o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Tojikent” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash manzili va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechiriladi va uning yashash xonadoni molxonasida 230 kg paxta, 6 kg chigit va paxtadan chigitni tozalash dastgohi aniqlanib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olinadi. Topilgan paxta xomashyosi esa tegishli tartibda Qorako‘l tumani Paxta tozalash punktiga topshirildi.

photo 02 201

Shuningdek, 20-sentabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida mazkur tumanning “Darg‘abog‘i” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash manzili va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirildi. Natijada uning yashash xonadoni molxonasidan 220 kg paxta xomashyosi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi va olib qo‘yilgan paxta xomashyosi Qorako‘l tumani Paxta tozalash punktiga topshirildi.

Har ikkala holat yuzasidan surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, bu kabi qonunbuzilish holatlarini aniqlash borasidagi tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

photo 03 146

Yana bir holat bo‘yicha joriy yilning 21-sentabr kuni G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan “Paxta-2022” yig‘im-terimi mavsumida paxta xom ashyosini talon-taroj qilish holatlarini oldini olish maqsadida olib borilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumani “Vazirshoh” hamda “Chag‘dari” mahallalarida yashovchi fuqarolar “Isuzu” rusumli yuk mashinasida jami 6 000 kg paxta xom-ashyosini yashirin ravishda olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu shaxslar paxta xom-ashyosini Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “G‘oyibon” mahallasida yashovchi fuqarodan har kilogrammini 9 000 so‘mdan sotib olib kelayotganligini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.