Buxoro yangiliklari
“Olot” chegara-bojxona postida 1 mlrd so‘mlik noqonuniy olib o‘tilayotgan yuklar aniqlandi – foto
Bojxona organlarida muntazam ravishda yashirin iqtisodiyotni qisqartirtish va noqonuniy tovarlar aylanmasiga chek qo‘yish borasida muntazam ravishda ish;ar olib borilmoqda, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati.
Ushbu ishlarning samarasi o‘laroq, kuni kecha Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara bojxona kompleksiga kirib kelgan yuk avtomashinalari tegishli tartibda inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida skaner qilinib, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, shularning orasidagi avtomashina yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 440 000 000 so‘mlik poliolefinlar sinfiga kiruvchi kimyoviy modda ya’ni, etilenning termoplastik polimeri – “Polietilin” borligi aniqlandi.
Xuddi shunday holat boshqa bir korxona nomiga kelgan tovarlar orasida ham aniqlandi va bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan 880 000 000 so‘mlik tovarlar borligi tasdiqlandi.
Ayni damda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi