Buxoro yangiliklari

Uy hayvonlari va chorva mollarini emlash nima uchun kerak?

photo 597

Loading

Ayni kunlarda Buxoro viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari xonadonlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini yuqumli kasalliklariga qarshi emlash ishlarini olib borishmoqda, – deya xabar bermoqda tashkilot Matbuot xizmati.

Shuningdek, soha xodimlari tomonidan aholiga o‘ta xavfli va yuqumli bo‘lgan kasalliklar haqida tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham o‘tkazilmoqda.

Qayd etish kerakki, chorva mollarini parvarish qilayotgan xonadon oila a’zolari har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, yuqumli kasalliklarga qarshi emlash muolajalarini (kasallik hayvon-ardan insonlarga yuqmasligi uchun) olishlari zarur.

Agar oila a’zosi teri kasalliklari bilan kasallangan bo‘lsa, tana a’zolarida shilingan, kesilgan, mayda yaralar toshgan hollarda veterinarning ruxsatisiz chorva mollariga xizmat ko‘rsatishi va sigir sog‘ishi mumkin emas.

photo 02 205

Uy hayvonlarini parvarishlashning asosiy sharti ularni o‘z vaqtida va uzluksiz oziqlantirishdir (og‘ilxonada parvarishlash davrida mollar yozda tayyorlangan ozuqa bilan boqiladi). Ikkinchi muhim shartlaridan biri – zarur gigiyenik parvarishlashdir. Bu hayvonning tirik vaznini saqlab qolishda o‘z ifodasini topadi – ular o‘rtacha semizlikni saqlab qoladi.

Qoramolni xonadonda boqishda avvalo, bu mol qaysi yo‘nalishda boqilayotganligiga e’tibor qaratilishi lozim. Agarda sut yo‘nalishida boqilayotgan bo‘lsa ratsionida maydalangan ko‘k o‘t, pichan, lavlagi, sifatli konsentrat yem bo‘lishi kerak.

Agar mol bo‘rdoqiga boqilayotgan bo‘lsa ratsionida ko‘proq miqdorda konsentrat (yem, kepak, sheluxa, shrot) bo‘lishi shart. Boqilayotgan mol kam harakat qiladigan holatda bo‘lishi kerak.

Qoramollarni saqlash xonalari, ya’ni og‘ilxonalar keng, yorug‘ va havo almashishi uchun romlar bo‘lishi kerak. Molxona yaxshi ta’mirlangan, devorlari, oxuri ohak bilan dezinfeksiyalangan, barcha teshik-tirqishlar yopilgan bo‘lishi darkor. Og‘il yaxshi shamollatiladigan, siydik oqib ketadigan nov bo‘lishi lozim.

Iloji bo‘lsa mollarni har kuni, bo‘lmasa, ifloslanganda tozalab, qashlab turish darkor. Buning uchun qashlagichdan foydalaniladi. Agar qoramol juda ifloslanib ketgan bo‘lsa iliq suvda yuviladi. Bu tadbirni yozda doimo bajarib turish lozim, chunki toza teri hasharotlarni o‘ziga kamroq jalb etadi. Sigirni cho‘miltirib turish yoki unga suv sepish ham samaralidir.

photo 03 148

Molxona qurishda me’yorlarga rioya qilish lozim. Sigirlar uchun og‘ilxona uzunligi 160-200 sm, kengligi 130-150 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Oxur pastroq bo‘ladi – mollar bo‘ynini egib, ammo cho‘zilmasdan oziqlanishi kerak. Oxurni, yaxshisi to‘g‘ri burchakli emas, ovalsimon qilib, ya’ni tepa tomoni 80 sm, pastini 50 sm. dan kam bo‘lmagan kenglikda qurish maqsadga muvofiqdir. Uning hajmi bir marotabalik ozuqa sig‘adigan bo‘lib qolmasin, bo‘rdoqiga boqilayotgan mollarning suvi oldida bo‘lgani ma’qul.

Yuqumli kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash tadbiri sifatida hamisha molxona atrofini toza saqlab, go‘ngini kuniga 2 marta yig‘ishtirib olish, hasharotlarni quvadigan eritmalar bilan mollarga ishlov berib turish tavsiya etiladi. Yangi eritilgan ohak juda kuchli dezinfeksiyalash xususiyatiga ega. Shuning uchun molxona devorlari tez-tez ohak bilan bo‘yalsa, bu molxonaning sanitariya holatini va havo tozaligini yaxshi darajada saqlab turadi.

Chorva mollari orasida uchraydigan bir qator yuqumli kasalliklar borki, ularning oldini olish va xavfsizlik choralarini ko‘rish lozim. Buning eng samarali usuli esa ularni yuqumli kasalliklariga qarshi emlash hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.