O‘zbekiston

Prezident administratsiyasi rahbari bir nechta hokimlarni ishdan oldi

photo 618

Loading

Kecha, 28-sentabr kuni soat 21:00 lardan o‘tib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida video-selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Aytish kerak-ki, ushbu majlis katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida 5 ta tuman hokimi va 1 ta agentlik rahbari ishdan olindi, Surxondaryo viloyati hokimiga esa jarima qo‘llanildi.

Jumladan, Prezident qarori bilan quyidagi hokimlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi:
1. Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov;
2. Farg‘ona tumani hokimi Shuhratjon Mo‘minov;
3. Paxtaobod tumani hokimi Elyorbek Usmonov;
4. Nurobod tumani hokimi Sherali Yuldashev;
5. Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev.

Prezident topshirig‘i bilan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40% miqdorida jarima qo‘llandi.

Hokimlarni ishdan olish haqidagi qarorni Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov o‘qib berdi hamda o‘z ishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun rahbarlarni jiddiy tanqid qildi.

Ko‘p o‘tmay internetda ushbu video-selektordan parcha tarqaldi.

Video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.