Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB xodimlari orasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi – fotojamlanma

photo 622

Loading

Bilim va zakovat – insonning eng sodiq do‘stidir. Maʼnaviy komillikning asosini bilim tashkil etsa, zakovat – bu bilim charxi. Zakovatli bo‘lish esa maʼnan yetuklik deganidir. Bu sifatlar bugungi kun Ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur jihatlar sanaladi.

IIB xodimlari orasida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida ham xodimlarda zukkolik, tezkor qarorlar qabul qilish, guruh bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini yuksaltirishga qaratilgan intellektni rivojlantiruvchi bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

photo 02 217

Jumladan, 24-sentabr kuni viloyat IIB xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi shahar va tumanlar jamoalarini qamrab oldi, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

photo 03 154

Xodimlarning jangovar tayyorgarligi emas, maʼnaviy salohiyatini sinovdan o‘tgan qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan o‘yinlar yakuniy natijalariga ko‘ra, G‘ijduvon tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Qorako‘l tumani IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda viloyat IIB jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

photo 01 156

G‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.