Buxoro yangiliklari

Buxorolik qo‘shiqchi Jasur Saidov 300 mln so‘m bilan taqdirlandi

photo 657

Loading

Joriy yilning 29-sentabrida Farg‘ona viloyatida boshlangan O‘zbekiston davlat filarmoniyasining hududiy bo‘linmalari jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi yakuniga yetdi.

photo 02 230

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Buxoro viloyatidan Jasur Saidov “Eng yaxshi oʻzbek va xorij kompozitor va bastakorlar ijod namunalaridan ijro etgan qo‘shiqlar ijrochisi”;

Jizzax viloyatidan Doston Toirov “Eng yaxshi an’anaviy xonanadalik” va Hojiakbar Tojiboev “Eng yaxshi estrada xonanadaligi”;

Qoraqolpog‘iston Respublikasidan Niyozbek Askarov “Eng yaxshi xalq cholg‘u ijrochisi” va Dilbar Doshbaeva “Eng yaxshi yakka ijrochi;

Surxondaryo viloyatidan Suyunbek Ergashev “Eng yaxshi yosh xonanda”, Xorazm viloyatidan Dilnoza Artikova “Eng yaxshi Zamonaviy raqs ijrochisi” va “Eng yaxshi milliy raqs jamoasi” nominatsiyalari bilan viloyat jamoalari va jamoa ishtirokchilari taqdirlandi.

Shuningdek, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov viloyatlar orasida g‘olib jamoalar nomlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, 3-o‘rin Andijon viloyati, 2-o‘rni Samarqad viloyati va 1-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoalariga nasib etdi.

photo 03 164

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari hamda nizomda belgilangan 3-o‘rin uchun 100 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 200 mln so‘m va 1-o‘rin uchun 300 mln so‘m pul mukofotlari taqdirlandi va keyingi yil respublika tanlovi Samarqad viloyati mezbonlik qilishi aytildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.