Islom
Tahorat uchun ishlatilgan suvlar haqida (Obi musta’mal)
Ma’lumki Islom dini poklik dini bo‘lib, insonlarni ham poklikka targ‘ib qiladi. Poklanish esa odatda suv bilan bo‘ladi. Musulmon kishi tahorat uchun ishlatgan suvi haqida ulamolarning turli xil qarashlari bor.
“Suv nima sababdan musta’malga aylanadi?”, – degan savolga Abu Xanifa va Abu Yusuf (r. h.) tahorati bo‘lmagan odam ishlatgan suvda tahorat uchun niyat topilsa ham, topilmasa ham va tahorati bo‘la turib uning ustiga qurbat, ya’ni Alloh taologa yaqin bo‘lish maqsadida yana tahorat qilgan bo‘lsa obi musta’mal bo‘ladi, – desalar, Imom Muhammad qurbat ko‘rinishidan boshqasida suv musta’malga aylanmaydi deydilar.
Suv qachon musta’malga aylanadi?
Abu Xanifa “Har qachon suv a’zodan ajrar ekan, o‘sha paytda musta’mal”, – deb e’tibor qilganlar, bu hukm Hidoya, Muhit, Zohiriyya kitoblarida ham kelgan. Ammo Abu Yusuf va Muhammad (r. h.) suvni musta’mal bo‘lishini inson a’zosidan ajrash bilan birga, biron bir joyda ya’ni yer, idish yoki tahorat qilayotgan odamning kaftida qaror topishi kerak, – deydilar. Zero bunda zarurat bor, chunki qaror topish degan shart qo‘yilmaydigan, ya’ni a’zodan ajrashi bilan suv musta’malga aylanadi deydigan bo‘lsa, insonlarga mashaqqat bo‘ladi.Imom Marg‘inoniy (r. h.) mana shu qavlga fatvo berganlar.
Musta’mal suvning hukmi qanday?
Imom Molik va Imom Shofi’ylar bu suvning poklovchi degan xususiyati qoladi, ya’ni yana bir marotaba tahorat qilsa bo‘ladi deganlar. Imom Zufar suvni ishlatadigan odam tahoratli bo‘lsa, unda suvni poklovchiligi qoladi, agar tahorati bo‘lmasa, iste’mol qilingan suv pok bo‘la turub poklovchi degan xususiyati ketadi, – deydilar. Imom Abu Xanifa obi musta’malni ogir najas, Abu Yusuf yengil najas , – deganlar. Imom Muhammad bu suv pok lekin poklvochiligi qolmagan, – deb aytganlar, ”Kanz” sohibi Imom Muhammadni gapini olganlar, fatvo ham mana shu qavlga berilgan.
Muallif: Kamoliddin Mirzayev.
Manba: “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi