O‘zbekiston

Hemis tizimida 6 qadamda parolni tiklash – yo‘riqnoma

photo 678

Loading

Hemis tizimiga talabalarning parollarini tiklash funksionali qo‘shildi.

Hemis tizimida talaba akkaunti parolini tiklash tartibi:

1. Tizimga kirish oynasining yuqori o‘ng burchagida 3 nuqtali knopkaga bosiladi va paydo bo‘lgan menyudan “Parolni bekor qilish” buyrug‘i tanlanadi;

photo 01 162

2. Shundan so‘ng quyidagi parolni tiklash oynasi paydo bo‘ladi. Foydalanuvchining ID-kodi yoki logini kiritiladi va “Davom etish” buyrug‘i bosiladi;

photo 02 236

Eslatma: agar talabaning profilida elektron pochtasi/telefon raqami oldindan kiritilmagan bo‘lsa, parolni tiklash funksiyasidan foydalanib bo‘lmaydi!

4. Shunda tizim avtomatik ravishda talabaning profilidagi elektron pochta manziliga yoki telefon raqamiga PIN-kod yuboradi;

Eslatma: telefon raqamiga SMS qabul qilish pullik bo‘lib, 40 (qirq) so‘mni tashkil etadi. Agar telefon balansida yetarli mablag‘ bo‘lmasa, SMS-xabar kelmaydi!

5. Qabul qilingan PIN-kod maxsus oynaga kiritiladi va “Tekshirish” burug‘i bosiladi. Kod to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, keyingi qadamga o‘tiladi;

photo 03 170

6. Yangi ochilgan oynada tizimga kirish uchun yangi parol 2 marta (takror) kiritiladi va “Parolni o‘zgartirish” buyrug‘i bosiladi.

photo 04 119

Yangi parolni kiritishda parolni shakllantirish qoidalariga rioya eting. Ya’ni, parolning uzunligi kamida 8 ta lotincha harflar, sonlar va belgilardan iborat bo‘lsa, u xavfsiz hisoblanadi!

Shundan so‘ng talaba avtomatik ravishda yangi parol bilan tizimga kiradi!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.