O‘zbekiston
Buxoroda 70 yil birga yashagan juftliklar – fotojamlanma
“Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qariyalar – xonadonlarimizning fayzi va farishtasi” degan ibratli so‘zlarda chuqur ma’no mujassam. Xalqimiz azal-azaldan keksalarni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan, yoshi ulug‘ keksa avlod vakillariga e’tibor va g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatish hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan, – desak ham adashmaymiz. Zotan, shoir tili bilan aytganda, keksalarni etsang azizu-hurmat, seni ham keksaygach, etishar izzat!
Shularni inobatga olib hamda o‘tib borayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida kuni kecha Buxoro tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkor tashlikotlar hamrohligida tumandagi “Yangi turmush” MFY da 70 yil birga yashab farzandlari, nevaralarini el koriga yaraydigan, vatanparvar qilib tarbiyalagan sulolaning asoschilari bo‘lgan nuroniylar holidan xabar olish uchun ularning xonadonlarida bo‘lib, birga qo‘sha qarigan otaxonu-onaxonlar holidan xabar olishdi, tarixning tirik guvohi bo‘lgan nuroniylarimiz duosini olishdi.
Bugun turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda nuroniy qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmatlari borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanligimizni unutmasligimiz, qo‘limizdan kelgancha ularning og‘irini yengil, umrini uzoq qilishni o‘zimizning insoniy burchimizligini doimo his etib turishimiz lozim.
Tashkil etilgan tadbirlar davomida keksalik gashtini surayotgan va uzoq vaqt umrguzaronlik qilib kelayotgan nuroniylarimizga hamda mahallalardagi faol fuqarolarga “Nuroniy” jamg‘armasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi