Buxoro yangiliklari
Vobkentlik 93 yoshli anorchi boboni taniysizmi?
Soha mutaxassislarning ta’kidlashicha, Vobkent tumanining tuproq unumdorligi, iqlim sharoiti aynan anor yetishtirishga juda mosdir. Masalan, tumandagi “Cho‘rikalon” mahallasida tug‘ilgan 93 yoshli Sa’dullo Narziyev nafaqada bo‘lishiga qaramasdan, o‘g‘illari va nabiralari bilan tomorqasida 100 tup anor daraxtini parvarishlamoqda, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Otaxon o‘tgan yili 6 tonna anor olgan bo‘lsa, bu yil 7 tonna sifatli hosil yig‘ishtirib olishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, qo‘shni tuman va viloyatlarni anor ko‘chati bilan ta’minlaydi ham.
— Bog‘imizga eng sara anor ko‘chatlarini ekkanmiz. Faqat mehnatdan qochmasangiz, agrotexnikasini bilsangiz bo‘lgani, daromaddan bebahra qolmaysiz, – deydi Sa’dullo bobo Narziyev. – Kelgusi yilning may oyigacha anor mevasini saqlay olamiz. Bu yil, ayniqsa, men uchun juda omadli keldi.
Usta bog‘bonning kelgusi ishlariga bizning tahririyat ham o‘z navbatida omad tilab, bog‘dorchilik ishlarida charchamasadan mehnat qilish nasib etishini istab qolamiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi