O‘zbekiston

Oliygoh talabalariga akademik ta’til berish tartibi qanday?

photo 685

Loading

Nizomga ko‘ra, OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

– harbiy xizmatni o‘tash uchun;
– salomatligini tiklash uchun;
– homiladorlik va tug‘ish uchun;
– bolalarni parvarish qilish uchun;
– oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Akademik ta’til beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra, OTM rektori (direktori) ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.

Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

Manba:“Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida” gi 344-sonli Nizom.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.