Buxoro yangiliklari

Prezident maktabida seminar-trening o‘tkazildi

photo 691

Loading

Joriy yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yosh maslahatchilar kengashining Buxoro viloyati vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabida seminar-trening tashkil qilishdi.

Unda yoshlar hayotida liderlik mahoratini oshirish, ularda sog‘lom fikr va sog‘lom ongni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, vatanparvarlik hissini rivojlantirish, huquqiy va madaniy ongini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik davlat barpo etishda yoshlarning munosib ishtirokini ta’minlash, sardorlik, volontyorlik, loyiha va grantlar haqida so‘z bordi.

photo 04 122

Suhbat davomida oʻquvchi va oʻqituvchilarga Yosh maslahatchilar kengashi haqida taqdimot shaklida maʼlumot berildi.

“– Kengashning asosiy maqsadi – mamlakatda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini baholashda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni dahldorlik ruhida tarbiyalash, o‘z tengdoshlari muammolari yechimini izlashda davlat idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilish, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va zamonaviy ilm-fanni targ‘ib qilish, yoshlar tashkilotlari faoliyatiga amaliy ko‘mak berishdan iborat”, – deydi viloyat vakili Rustam Rahimboyev.

photo 01 170

photo 03 177

Shuningdek, kengashning vazifalari, tarkibi, shu vaqtgacha oʻtkazilgan tadbirlar va keyinchalik qilinishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ham aytib o‘tildi. So‘ngra maktab oʻquvchilarining takliflari, kelajakdagi maqsadlari borasida qiziqarli suhbat olib borildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.