Mashhurlar

“Toʻyim yaqin edi…” – Feruza Normatova

photo 704

Loading

Aktrisa, vayner Feruza Normatova Instagram sahifasida nega toʻyi boʻlmasligini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2022-yil turmushga chiqishni niyat qilgan. Aktrisa Xudodan doim xayrli umr yoʻldosh soʻraganini aytdi. Vayner kuzatuvchilariga toʻyi yaqinligi haqida aytgani biroq taqdiri oʻxshamaganini taʼkidladi. Feruza Normatova muxlislaridan bu haqda undan soʻramaslikni iltimos qildi. Aktrisa hozircha hayotida hech kim yoʻqligini ham aytib oʻtdi.

“Bu yil, albatta, turmushga chiqaman, deb niyat qilgandim. Allohimdan doim xayrli umr yoʻldosh soʻradim. Siz obunachilarimga toʻyim yaqin degandim ammo taqdir emas ekan. Alhamdulillah Alloh adashtirmadi. Agar bir eshik yopilsa, boshqa 10 ta eshiklarni ochiladi. Hozircha menga bu haqda savol bermang. Hayotimda hech kim yoʻq. Balki menga hozir tanishish taklifida boʻlgan yoki xayr niyatida boʻlgan insonlar taqdirimga aylanar. Yana bilmadim”, – deydi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq vayner Feruza Normatova toʻyi boʻlmasligini aytgandi. U hech qanday toʻy boʻlmasligi va turmushga chiqmayotganini taʼkidladi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, hayotida hech yoʻq. “Spektakl tugadi. Niyatingizga yetdingiz”, –deb yozadi vayner “stories” iga. Feruza Normatova hayotda kimdir oila qurmasdan yashashi kerak boʻlsa, oʻsha inson oʻzi boʻlishini aytdi.

“Hech qanday toʻy boʻlmaydi. Men turmushga chiqayotganim yoʻq. Bugundan boshlab hayotimda hech kim yoʻq. Hammaga rahmat. Spektakl tugadi. Qarsaklaringiz. Niyatingizga yetdingiz, tabriklayman. Men insonlarning borligi bilan bor boʻlmadim. Yoʻqligi bilan ham yoʻq boʻlib qolmayman. Bu hayotda hamma baxtli yashasin. Bir odam oila qurmasdan baxtsiz boʻlishi kerak boʻlsa, oʻsha men boʻlaqolay”, – deydi u.
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.