Buxoro yangiliklari
Ekologiya boshqarmasi xodimlari Jondordagi “g‘isht zavodi”ga nega bordi? – fotofakt
Kuni kecha Jondor tumani “Sho‘robod” MFY hududida joylashgan “Olim Said Subhiddin” MChJ ga qarashli pishiq g‘isht ishlab chiqarish zavodida o‘rnatilgan tozalash uskunasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Shuningdek, boshqarmaning atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi xodimlari tomonidan mazkur uskunaning samaradorligini aniqlash ishlari olib borildi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
Ushbu qurilma ko‘mir yoqilg‘isi yonishidan hosil bo‘lib atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalarni ushlab qolishdan tashqari ishlab chiqarish hamda nam g‘ishtlarni quritish jarayonini tezlashtirish kabi afzallik tomonlari mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Jamiyat rahbariga uskunani patentlash uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga murojaat qilish to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi