Salomatlik
Pishirishdan oldin suvda ivitish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot
Ko‘pgina mahsulotlarda hasharot, zararkunanda va erta unib chiqishdan himoya qiluvchi antinutrientlar (taninlar) mavjud. Ammo bu moddalar vitamin va minerallarga to‘siq bo‘lib, inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday tabiiy himoya tizimi ko‘proq yong‘oq, dukkakli va donli ekinlarda mavjud.
Mahsulotlardan maksimal foyda olish uchun suvda ivitish orqali samarali xususiyatlarni faollashtirish kerak. Buning natijasida uglevodlar qismini kamaytirish, ovqat hazm qilish organlariga yordam berish, minerallar va vitaminlarni yaxshiroq so‘rilishini ta’minlash hamda ta’mni yaxshilash mumkin, deb yozadi “Lisa.ru”. Buning uchun foydalanishdan avval ularni ivitish kerak:
Kartoshka
Kartoshka mahsuloti kuchli allergen bo‘lgan kraxmalni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, u yangi kartoshkada juda ko‘p. Bundan tashqari, kraxmal patogen ichak florasi uchun oziq-ovqat, shuningdek, qonda shakar darajasini oshiradigan polisakkariddir. Ikki soat davomida iliq suvda qoldirish ushbu tarkibni kamaytirishga yordam beradi. Tabiiyki, kartoshkani butunligicha emas, balki bo‘laklangan holda ivitish kerak.
Yong‘oqlar
Yong‘oqlarda xavfli fitik kislota mavjud bo‘lib, u inson organizmida temir, kalsiy va ruxning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, uzoq muddatli saqlash vaqtida ko‘pincha yong‘oqlarda mog‘orning ko‘rinmas qoplamasi paydo bo‘ladi. Suvga ivitish esa bu muammolarni bartaraf etadi. Uzoq vaqt davomida bodomni sovuq suvda 12 soat, yong‘oqni 7-8 soat, keshyuni esa 3-4 soatga qoldirish kerak.
Dukkakli mahsulotlar
Loviya, no‘xat va boshqa dukkakli mahsulotlar ham fitik kislotani o‘z ichiga oladi. U inson organizmiga kirib, vitaminlar so‘rilishining oldini oladi va ovqat hazm qilish jarayonini murakkablashtiradi. Pishirishdan oldin loviya xona haroratida toza suvga ivitiladi. Davomiyligi — 6-8 soatni tashkil qiladi. Bu vaqt ichida hazm qilish qiyin bo‘lgan qobiq yumshab, mahsulot hajmi ortadi.
Don mahsulotlari
Ivitish kraxmal darajasini pasaytiradi, glyuten qisman parchalanadi, ko‘proq vitamin va minerallar beradi. Natijada, pishirilgan mahsulot yaxshi va tezroq hazm qilinadi, hatto ovqatlanish buzilishi bo‘lgan odamlarda ham. Agar mahsulot ivitilmasa, fitik kislota magniy, kalsiy, temir va ruxning ichaklarda so‘rilishini sekinlashtiradi.
Ko‘katlar
Ko‘katlar tarkibida vitamin va minerallar so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar yo‘q, lekin nitrat va pestitsidlarni faol ravishda mavjud. Qisqa vaqtga suvda qoldirish bu zararli moddalarning ortiqcha qismini chiqib ketishiga imkon beradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi