Buxoro yangiliklari
“Buxoro – Xiva” poyezdi harakati qayta tiklanadi
Respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan, “Buxoro – Xiva – Buxoro” yoʻlovchi poyezdi harakati joriy yilning 5-oktabr sanasidan tiklandi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.
Mazkur poyezd 5-oktabrdan 13-noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab Buxorodan, 6-oktabrdan 14-noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlaridan boshlab Xivadan joʻnaydi.
Harakat jadvali:
“Buxoro” bekatidan joʻnash: soat 12:10 da;
“Xiva” bekatiga yetib borish: soat 19:29 da.
“Xiva” bekatidan joʻnash: soat 07:52 da;
“Buxoro” bekatiga yetib borish: soat 15:16 da.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalari bilib olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki quyidagi sayt orqali ham online xarid qilishingiz mumkin: https://chipta.railway.uz/ru/home
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi