Salomatlik
Mol go‘shti va yong‘oq qo‘shib tayyorlanadigan mazali gruzincha sho‘rva
Xarcho taomi retsepti
Mol go‘shti, guruch, pomidor va boshqa mahsulotlardan tayyorlanadigan xarchoga yong‘oq qo‘shilsa, yanada mazali ta’mga ega bo‘ladi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shishingiz mumkin.
Kerakli masalliqlar:
1. Mol go‘shti qovurg‘alari — 300-400 gr;
2. Lahm mol go‘shti — 600-700 gr;
3. Piyoz — 5 dona;
4. Ko‘katlar — 1 bog‘;
5. Suv — 4 litr;
6. Murch donachalari — 6-8 dona;
7. Lavr yaprog‘i — 1-2 dona;
8. Guruch — 5 qoshiq;
9. O‘simlik yog‘i — 2 qoshiq;
10. Pomidor sharbati — 300 gr;
11. Paprika — 1 qoshiq;
12. Sarimsoq — 4-5 donacha;
13. Yong‘oq — 150 gr;
14. Achchiq qalampir — ta’bga ko‘ra;
15. Tuz — ta’bga ko‘ra;
16. Murch — ta’bga ko‘ra;
Tayyorlanishi:
Qovurg‘a go‘shtni, tozalangan piyozni suv bilan to‘ldirilgan idishga soling. Sho‘rvani qaynating va unda hosil bo‘lgan ko‘piklarni olib tashlang, suvga qalampir, lavr yaprog‘i va tuz qo‘shing. Xarchoni 2,5-3 soat davomida past olovda pishiring. Go‘shtni idishga solib, uning ustiga sho‘rvani quying. Mol go‘shtini ozgina sovutib oling va bo‘laklarga bo‘ling. Guruchni bir necha marotaba yuving. Qolgan piyozni mayda bo‘laklarga bo‘lib oling. Tovaga yog‘ solib, uni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring. Pomidorlarni maydalang va unga piyoz, paprika, maydalangan qalampir qo‘shing. Hammasini aralashtirib, bir-ikki daqiqa pishiring. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing va tovaga soling. Uni bir necha daqiqa qovurib oling. Yong‘oqlarni quruq qizdirilgan idishda o‘rtacha olovda bir necha daqiqa qovuring. Uni maxsus idishda yoki blenderda maydalab oling. Yong‘oqlarni tovaga soling va barcha mahsulotlarni 8-10 daqiqa davomida o‘rtacha olovda qaynatib oling. Sho‘rvani qaynating va unga guruch, go‘sht qo‘shing. Qaynab chiqqandan so‘ng, 20 daqiqa davomida pishiring. Achchiq qalampirni maydalab, sho‘rvaga soling va yana 3-4 daqiqa pishiring. Xarchoni tayyor bo‘lgandan keyin idishning qopqog‘ini olib 15-20 daqiqaga qoldiring. Dasturxonga tortishdan oldin unga maydalangan ko‘katlardan qo‘shing. Yoqimli ishtaha!
Manba: “Daryo” internet nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi