Salomatlik
Oyoqlar chiroyiga putur yetkazadigan 5 ta odat
Sog‘lom va chiroyli oyoqlar nafaqat sport zalida mashaqqatli mehnat, yaxshi genetika hamda yuzlab skrab va kremlar, balki ko‘plab zararli odatlardan holi to‘g‘ri turmush tarzining isbotidir. Agar oyoqlar salomatligi hamda go‘zalligini uzoq vaqt saqlamoqchi bo‘lsangiz, Marie Claire nashri ma’lum qilgan odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.
Kun bo‘yi o‘tirish
Harakat bo‘lmasa, qon aylanishi sekinlashadi, bu turg‘unlikka olib keladi. Natijada varikoz tomirlari (ayollarning taxminan 50 foiziga ta’sir qiladigan kasallik) va to‘piqlarda doimiy shish kuzatiladi. Buning oldini olish uchun har soatda bir necha daqiqa qisqa yurish uchun tanaffus qilish va turli xil mashqlar bajarish kerak.
Oyoq terisini namlantirmaslik
Oyoqlarni parvarish qilish xuddi yuz terisini parvarish qilish kabi zarur va muhimdir. Skrab, cho‘tkalar va boshqa go‘zallik vositalardan foydalanishni unutmaslik lozim. Buni haftada 2-3 marta amalga oshirish kerak, shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llashni unutmaslik juda muhim. Oziqlanish va gidratsiya kundalik g‘amxo‘rlikning bir qismini tashkil etishi kerak. Qanchalik tez-tez dush qabul qilinsa, shunchalik ko‘p namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu holat femoral arteriyalar va tomirlarda bosimning oshishiga olib keladi, bu esa qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ushbu holat tomirlarning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, bu ham varikoz tomirlarining bo‘rtib chiqishini rag‘batlantiradi.
Oyoqdagi jarohatlarni davolamaslik
Ustara bilan kesilgan, chivin chaqishi yoki tirnalgan — bu yaralarni vaqtida davolash kerak. Aks holda, oyoqlarda chandiq yoki yara izlari qolib ketadi. Eng yomon holatda esa vaqtida davolamaslik turli xil yallig‘lanishlarni keltirib chiqaradi. Bu keyinchalik jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Noto‘g‘ri parvarishlash
Oyoqlardagi ortiqcha tuklardan xalos bo‘lishda, albatta, sifatli mahsulotdan foydalanish lozim. Shuningdek, oyoqlarni tozalashda maxsus ko‘pik, keyin esa terini yumshatuvchi va namlantiruvchi kremlardan qo‘llash tavsiya etiladi. Aks holda tez orada oyoq terisi dag‘allashadi, quriydi va qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Bu esa nafaqat oyoqlarning xunuk ko‘rinishiga, balki butun tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.
Manba: “Daryo” internet nashri
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi