O‘zbekiston

Supermarketdan mahsulot xarid qilishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar

photo 730

Loading

Hamma har kuni bo‘lmasa ham haftada bir marta supermarketga boradi. Har qanday jamoat joyida bo’lgani kabi xarid qilish jarayonini yanada qulayroq qilish bilan birga, do‘konga tashrif buyuruvchilar va uning xodimlari bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradigan muayyan xatti-harakatlar qoidalariga rioya qilish kerak.

Vitrinani ochishdan oldin nima olishingiz lozimligini aniq biling
Ba’zi mahsulotlar maxsus saqlash sharoitlarini talab qiladi va muzlatkichlarda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, muzlatilgan mahsulotlar uchun takroriy protsedura uning buzilishiga olib kelishi mumkin – masalan, chuchvara yoki sabzavotlar bir-biriga yopishib qoladi. Kamera eshigini ochganimizda, undagi harorat ko‘tarila boshlaydi va biz uni qanchalik ko‘p ochiq ushlab tursak, mahsulotning erishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun chuchvara yoki kotlet tarkibini diqqat bilan o‘rganishga qaror qilsangiz, ularni olganingizdan keyin muzlatkichni yoping.

Aravani qayerdan olgan bo‘lsangiz, o‘sha joyga qaytaring
Ba’zida savdo markazi yaqinidagi avtomobillar to‘xtash joyini aravachalar egallab oladi, ular shunchaki mahsulotlarni mashinaga olingan joyda qoldirilgan. O‘zingizga yoki boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun aravachalarni o‘z joyiga qaytarishni unutmang.

Farzandingizga e’tiborli bo‘ling
Ko‘pchilik bolalarni aravaga o‘tirg‘izishga qarshi bo‘lishiga qaramay, ba’zida ota-onalarning boshqa iloji yo‘q, ayniqsa bola juda faol bo‘lsa. Bunday bolalarni kuzatib borish qiyin va bu birinchi navbatda o‘zlari uchun xavflidir: ular yiqilib, jarohat olishlari yoki javonlardan ustiga og‘ir narsalarni tushirib yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, bola qimmatbaho mahsulotga zarar yetkazsa, buning uchun ota-onalar pul to‘lashi kerak. Farzandingizni supermarketda xavf ostiga qo‘ymaslik uchun uni har doim faqat maxsus o‘rindiqqa o‘tirg‘izing va oyoqlari ular uchun yaratilgan teshiklarda ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar aravachaning dizayni xavfsizlik kamarini nazarda tutsa, bolani mahkam bog‘lab qo‘ying va uni hech qachon qarovsiz qoldirmang.

Yo‘lakni arava bilan to‘sib qo‘ymang
Bu qoida, ayniqsa, tor yo‘laklari bo‘lgan do‘konlar uchun. Mahsulotni yaxshiroq ko‘rish uchun vitrina oldida to‘xtaganingizda, uni iloji boricha javonlarga yaqinroq tuting. Har qanday holatda ham aravachani yo‘lakda qoldirmang, hatto yaqin atrofda bo‘lsangiz ham.

Iloji bo‘lsa, tig‘iz soatlarda xarid qilishga chiqmang
Agar siz 9 dan 18 gacha ishlasangiz, ish kuni tugagandan keyingi soatlar bundan mustasno, do‘konga tashrif buyurish uchun boshqa vaqtni topish juda qiyin. Biroq, agar tushdan keyin va tig‘iz vaqtdan oldin xarid qilish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalaning: bu bilan siz nafaqat xarid qilish uchun boshqa vaqt topa olmaydigan odamlarga hurmat ko‘rsatasiz, balki o‘zingiz ham qimmatli daqiqalarni kutish uchun behuda sarflamaysiz.

Oziq-ovqatlarni noto‘g‘ri joyda qoldirmang
Ba’zida biror mahsulotni xarid qilmaslikka qaror qilasiz. Ideal yechim uni avvalgi joyiga qaytarish bo‘ladi, ammo biron sababga ko‘ra buning iloji bo‘lmasa, uni savatingizda qoldiring va xaridlaringiz uchun to‘lovni amalga oshirayotganda kassirga bering. Mahsulotni boshqa turdagi mahsulotlar bilan javonga qo‘ymaslik kerak, ayniqsa, u tezda buzilishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘lsa.

Supermarket yo‘laklarida gaplashib turmang
Agar do‘stingiz yoki tanishingizni supermarketda to‘satdan uchratib qolsangiz, shunchaki u bilan salomlashing va xaridni davom ettiring. Ammo yo‘lakda turib olib, shaxsiy muammolarni muhokama qilishni boshlasangiz, boshqa mijozlarning do‘kon atrofida erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lasiz.

Manba: “Daryo” internet nashri

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.