Salomatlik

Toza va sifatli qiyma go‘shtini qanday tanlash kerak?

photo 731

Loading

Go‘shtni sevib iste’mol qiluvchilar uchun qo‘llanma: yangi va sifatli qiymani qanday tanlash kerak?
Inson hayoti doimiy harakat va stressdan iborat. Endilikda gaz qarshisida kamroq vaqt o‘tkazib, ko‘proq yarimtayyor mahsulotlarga murojaat qilish ortib bormoqda. Tabiiy mahsulotlarning qadr-qimmati haqida ko‘p gapirish mumkin, lekin katta oilaga uy sharoitida taom tayyorlash uchun 1 yoki 2 soat vaqt ajatilmasa, yuqori sifatli yarimtayyor mahsulotlar haqiqiy najotga aylanadi.

Qiyma yoki go‘sht?

Parhezshunoslarning aytishcha, qiyma ovqat hazm qilish tizimi uchun oddiy go‘shtga qaraganda ancha foydali. U tezroq hazm qilinadi va organizm tomonidan yaxshiroq so‘riladi. Bundan tashqari, yog‘siz qiyma yumshoq bo‘lib, hatto bolalar ovqatiga tavsiya etiladi. Ammo amalda qiyma go‘sht sifatini ko‘z bilan aniqlash juda qiyin, bu ko‘plab ishlab chiqaruvchilar uning tarkibiga nafaqat ortiqcha yog‘, balki barcha turdagi qo‘shimchalarni ham qo‘shadi. Shuning uchun, albatta, eng xavfsiz variant — yangi go‘shtning bir qismini sotib olish, uni go‘sht maydalagich bilan maydalash, qismlarga bo‘lish va muzlatishdir. Elektr go‘sht maydalagich bilan bu qiyin emas.

Mutlaqo tabiiy qiymani sotib olishning yana bir usuli — bu ishonchli do‘konga borish, u yerda sanoat go‘sht maydalagichlari bo‘lgan go‘sht bo‘limlari mavjud. U yerda insonlar ko‘z o‘ngida xohlagancha go‘shtni maydalashlari mumkin. Lekin xaridorlarning doimo vaqti yo‘qligi sababli eng yaqin supermarketlardan uni xarid qiladi, shuning uchun ham yarim tayyor mahsulotni qanday tanlashni o‘rganish kerak.

Tanlov mezonlari
Ulardan bir nechtasi bor, lekin hamma narsa to‘g‘ri qilinsa, hech bo‘lmaganda ovqatlanish buzilishidan himoyalanish mumkin. Xo‘sh, nimaga e’tibor berish kerak?

Rang
Bu qarash kerak bo‘lgan birinchi narsa. Qiyma shaffof bo‘lmagan qadoqlarda sotilsa, uni xarid qilish tavsiya etilmaydi. Rang, birinchi navbatda, pushti-qizildan to quyuq qizil ranggacha bir xil bo‘lishi kerak. Agar qiyma yuzasida qoraygan, yashil yoki kulrang bo‘laklarni bo‘lsa, u qadoqqa nima yozilishidan qat’i nazar, eskirgan bo‘ladi.

Tarkib
Qadoq yaxshilab o‘qiladi, agar qiymaning tarkibi haqda ma’umot bo‘lmasa, uni sotib olish kerak emas. Shuningdek, hayvon oqsili, jelatin kabi noaniq ibora va so‘zlarga e’tibor berish kerak. Ko‘pincha bu hayvonlarning terisidan tayyorlangan kompozitsiyaga aralashtirilgan kollagen oqsili yashiringanidan darak. Bu massani elastikroq qiladi, lekin organizm uchun mutlaqo foydasiz, u shunchaki mahsulot narxini pasaytiradi. Bundan tashqari, oziq-ovqat qo‘shimchalari va ziravorlar — tuz, qalampir, piyoz, sarimsoqli qiyma sotib olmaslik lozim. Ko‘pincha ularning qo‘shilishi go‘shtning eskirganini yashirish istagi bilan bog‘liq.

Belgilar
Yarim tayyor mahsulot toifasiga e’tibor berishni unutmaslik kerak. U harflar bilan ko‘rsatilgan. A — bunday qiymada 80 foizdan ortiq go‘sht mavjud. B — 60-80, C — 40-60, D — 20-40 foiz. Shunga ko‘ra, D toifali qiymada go‘sht deyarli bo‘lmaydi.

Saqlash muddati
Bu mahsulotning termal holatiga bog‘liq. Eng foydali va mazali qiyma sovitiladi. Ammo u uzoq vaqt saqlanmaydi, +2 dan +4 darajagacha bo‘lgan haroratda 12 soatdan oshmasligi kerak. Muzlatilgan (0 dan +2 darajagacha bo‘lgan haroratda) — bir kungacha saqlanadi. Odatdagidek (-12 daraja haroratda) muzlatkichda bir oy davomida o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Muzlatilgan qiymani eng uzoq vaqt (-18 daraja haroratda) saqlash mumkin, muzlatkichda u uch oy davomida yangiligini yo‘qotmaydi.

Muzdan qanday eritish kerak?
Aksariyat insonlar sovitkichdan muzlagan qiymani oladi va bir kechaga stol ustida qoldirib, tongda undan narsa pishiradi. Ammo mutaxassislar buni yengil qabul qilmaslikni maslahat beradi. Agar qiyma issiqda qolgan bo‘lsa, unda chirish va patogen bakteriyalar darhol boshlanadi. Shuning uchun odatga aylanishi kerak bo’lgan bir nechta qoidalar mavjud.

Qiymani muzlatish emas, balki sotib olingandan keyin darhol pishirish yaxshiroqdir. Ammo buning iloji bo‘lmasa, darhol muzlatish kerak. Agar qiyma ko‘p bo‘lsa, uni qismlarga bo‘lish, idishlarga solish va har biriga muzlatilgan sanani yozish lozim. Ushbu mahsulot qayta-qayta muzlatishga toqat qilmaydi, darhol o‘zining ta’mini va foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.Muzlatilgan qiymani pishirishdan bir kun oldin muzlatkichning o‘ziga qo‘yish kerak. Uni xona haroratida stolga emas, balki muzlatkichda eritgan yaxshiroq. Shunda bakteriya va mikroblar tez ko‘paymaydi.

Manba: “Daryo” internet nashri

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.