Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB ning mard va go‘zal xodimalari jangovor tayyorgarligi musobaqada sinovdan o‘tkazildi – fotojamlanma

photo 737

Loading

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar o‘rtasida sportning “Ko‘pkurash” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

photo 04 125

Bugun ayollar jamiyatimizning barcha sohasida bo‘lgani kabi huquqni muhofaza qilish organlarida ham mard o‘g‘lonlarimiz bilan bir safda turib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini himoya qilishda munosib ishtirok etishmoqda. Demakki, ularning jangovar tayyorgarligi ham muntazam nazoratdan o‘tkazib boriladi.

photo 03 181

Shu maqsadda joriy yilning 10-oktabr kuni viloyat ichki ishlar organlarida xizmat vazifasini olib borayotgan ayol xodimalar o‘rtasida Kogon tumani “O‘rtacho‘l” MFY hududida joylashgan harbiy dala-maydonida sportning “Ko‘pkurash” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

photo 05 78

Mazkur sport musobaqalarini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimalar orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, sportni yanada rivojlantirish va shaxsiy tarkibning jismoniy tayyorgarligini oshirishdan iborat.

photo 02 249

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada ishtirokchilar 4 jamoaga bo‘lingan holda, jami 6 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, oliy, 1-o‘rinni “Humo” jamoasi egallab, ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

photo 01 172
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.