Buxoro yangiliklari
“Olot” chegara bojxona posti orqali yashirin tarzda 500 litr dizel yoqilg‘isi olib kirmoqchi bo‘lishdi
Olingan ma’lumotlatga ko‘ra, joriy yilning oktabr oyining birinchi 10 kunligida Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan dizel yoqilg‘isini noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha 6 ta qoidabuzarlik bartaraf etilgan. Mazkur holatlarda umumiy qiymati 45 000 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan jami 3 300 l dizel yoqilg‘isining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.
Jumladan, kuni kecha bojxona xodimlari “Olot” chegara bojxona postiga “Turkiya – O‘zbekiston” yo‘nalishida kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, mazkur avtotransport tirkamasining ostki qismiga yashirin ravishda berkitilgan 500 litr dizel yoqilg‘isi borligi aniqlangan, avtomashina haydovchisining harakatlariga qonuniy baho berish uchun esa maxsus choralar ko‘rilgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi