Buxoro yangiliklari

Ichki ishlar vaziri nega Gʻijduvonga bordi?

IMG 20221018 075641 347

Loading

Joriy yilning 15-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi topshirig‘iga asosan, Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatining 13 ta shahar/tumanlaridagi 544 ta mahallalarida istiqomat qilayotgan aholining farovon hayot kechirishlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish hamda hududlardagi kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish maqsadida o‘rganish ishlarini boshladi.

Dastlab, viloyatning G‘ijduvon tumani, “Fayzulla Xo‘jayev” mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla raisining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati o‘rganildi. Hududdagi profilaktika inspektori Sardor Ergashevga doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, bilim-salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh kichik sanoat zonasida tashkil etilgan “Alp Kamol Fayz” MChJ faoliyati bilan tanishdi. Mazkur korxona trikotaj mahsulotlari va eshik-romlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 30 dan ortiq aholini ish bilan taʼminlagan.

Shundan soʻng tumanning “Guliston” mahallasidagi 45-son maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Maktabda tashkil etilgan IT mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashildi.

Shu yerning o‘zida, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati hamda psixolog-inspektor, leytenant G. Mahmudovaning o‘quvchilar bilan ishni tashkil etish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

Shunimgdek, G‘ijduvon tuman Ichki ishlar boshqarmasida xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shofirkonga tashrif buyurgan vazir mazkur hududdagi tezkor vaziyat haqida yetarli maʼlumotga ega bo‘lmaganligi uchun tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining xizmat faoliyatini o‘rganib chiqish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi.

Tuman hududida joylashgan, 80% mahsulotlari xorijga eksport qilinadigan hamda 1 200 nafar fuqaro bandligini taʼminlangan “Buxoro Azteks” MChJ ga tashrif buyurgan ishchi guruh Shofirkondagi oʻrganishlarini yakunlab, Buxoro shahriga qaytdi.

Xususan, viloyat YHXB ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalari faoliyati bilan tanishildi. Soha faoliyatiga aloqador texnikalardan tortib xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ichki ishlar vaziri tomonidan uzoq yillar davomida bo‘linmada samarali xizmat qilib kelgan xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Shu yerning o‘zida, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining ekspluatatsiya-montaj bo‘linmalarining faoliyatiga doir taqdimoti tinglandi.

Shuningdek, vazir P. Bobojonovning Buxoro tumanidagi o‘rganishlari “Rabotiqalmoq” mahallasida yangi qurilayotgan majmuaning qurilish jarayonlari bilan tanishish bilan boshlanib, yakunda tumanda jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash hamda keskin oshgan jinoyatlarni kamaytirish bo‘yicha sektor rahbarlari va IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlariga topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi rasmiylarning Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi bugungi kundagi dolzarb masala – hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish hamda aholi muammolarini manzilli bartaraf etish hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.