Jahon

“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida Tojikiston prezidenti Vladimir Putinga “sakradi”

photo 757

Loading

Xabaringiz bor, joriy yilning 14-oktabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida birinchi marta “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda mamlaktimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashishdi.

Tadbir doirasidagi uchrashuv davomida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga yuzlanib, “Markaziy Osiyodagi davlatlarlar bilan sobiq Ittifoq ichidagi davlatchadek siyosat olib bormaslik” ni iltimos qildi. Tojikiston rahbarining bu chiqishi ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi.

photo 02 257

O‘z nutqining boshida Imomali Rahmon rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladigan, shunchaki gapirib, maʻlumot olib, o‘zini ko‘rsatadigan sammitlarning effekti yo‘qligi haqida gapirdi.

“Hurmatli Vladimir Vladimirovich, menimcha, bu (“Markaziy Osiyo – Rossiya” forumini o‘tkazish) sizning tashabbusingiz. Biz rasmiyatchilik uchun yig‘ilishimiz kerak emas. Biz ochiqchasiga nimani xohlayotganimizni aytishimiz kerak. Butun dunyoga “Rossiya + Markaziy Osiyo” ekanligini ko‘rsatishimiz kerak. Nima, bizda muammo bormi? Ko‘ryapmizki, haqiqatan bor.
Bu beshliklar allaqachon jonga tekkan! Shunchaki gapirish, maʻlumot olish, ko‘zbo‘yamachilikning hech qanday samarasi yo‘q. “Amerika + Markaziy Osiyo”, “Janubiy Koreya + Markaziy Osiyo”, “Yaponiya + Markaziy Osiyo”. Bu ketishda “Pokiston + Markaziy Osiyo” yoki “Hindiston + Markaziy Osiyo” sammiti ham o‘tkazilar... Yana kim qoldi?
Biz Siz bilan birga Sovet Ittifoqi parchalanganiga guvoh bo‘ldik. Avval ham hozirgidek kichik respublikalarga, mayda xalqlarga eʻtibor yo‘qligining guvohi bo‘ldik. Anʻana va urf-odatlar eʻtiborga olinmagan. Ularning rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanmagan”, – deya hissiyotlarga to‘lib-toshib so‘zini davom etdi Tojikiston rahbari.

Vladimir Putin seyarli har doim Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvda ayni vaqtda Rossiyada qaysi davlatning qancha fuqarosi mehnat migranti sifatida bo‘lib turgani va shuning ortidan non topayotganini eslatib o‘tadi. Jumladan, u 13-oktabr kuni Ostonada Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uch tomonlama uchrashuvda ham Tojikistonning 2 mln, Qirg’izistonning 1 mln fuqarosi Rossiyada ishlash va yashash orqali ro‘zg‘or tebratayotganini aytib o‘tgan. Yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvda e’tiroz bildirmagan Imomali Rahmon ushbu “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida jim turolmadi. Uning aytishicha, aslida Rossiyada bo‘lib turgan tojikistonliklar 2 mln dan ko‘proq. Lekin, ularning hammasi ham rus xalqi uchun xizmat qilayotgani yo‘q. Rossiyadagi 2 mln dan ortiq tojikistonliklarning 600 mingi ishlab, ro‘zg‘orini tebratyapti, qolganlari RF orqali boshqa mamlakatlarga chiqib ketadiganlar. Bularning orasida Rossiyada o‘qib, davolanayotganlar ham bor. Shuningdek, Tojikiston rahbari endilikda Rossiya sanksiyalar sabab ko‘plab davlatlar bilan avia-loqadan uzilib qolgani ortidan tojikistonliklarning ham bu mamlakatga borishi 50% gacha qisqarishini taʻkidladi.

“Kecha Siz 2 million (Rossiyadagi tojikistonlik migrantlar) haqida gapirdingiz, Sizga shuni aytmoqchi edimki, bu 2 million emas, Rossiyaga 2 milliondan ortiq fuqarolarimiz uchib ketyapti va faqatgina ishlash uchun emas. Ishlash uchun (ketayotganlar) 600 000 kishidan ko‘p emas. Siz (Rossiya) orqali boshqa mamlakatlarga uchib ketadi. Kelgusi yil esa (bu oqim) 50% ga kamayadi, chunki yo‘l yopiq, ular ucha olmaydi. Qolaversa (tojikistonliklar) o‘qiyapti va davolanyapti", – deydi Tojikiston rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya oziq-ovqat sohasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilyapti va savdoni rivojlantiryapti, lekin buning evaziga teng munosabat ko‘rsatmayapti.

“Nega, Tojikistondagi qandaydir kichik forumda men Tashqi ishlar vazirligiga ko‘rsatmalar bergan, hatto Siz bilan gaplashgan bo‘lsam ham, unda vazirlar darajasida uchrashuv bo‘lsin, – deb yolvorishimiz kerak? Shunda ham Rossiyadan vazir o‘rinbosari keldi. Tojikiston shunga loyiqmi, axir biz strategik hamkormizku. Biz shunday qilyapmizmi? Biz 100-200 million kishi emasmiz. Lekin bizda tarix, madaniyat bor. Bizni hurmat qilishlarini xohlaymiz. Biz kambag‘al emasmiz. Biz boy mamlakatmiz, mineral resurslar zahiralari Mendeleyev davriy jadvaldagidan ko‘ra ko'proq.
Biz qayerda xato qildik? Biror joyda salomalashmadikmi? Biz har doim asosiy strategik hamkorimiz (Rossiya Federatsiyasini) manfaatlarini hurmat qilganmiz. Biz hurmatga sazovor bo‘lishni xohlaymiz. Biz qandaydir begonamizmi? Bizga ko‘p pul sarflashning hojati yo‘q. Qolaversa mehnat migrantlarimiz Sizga borishadi. Ishlashadi, shunchaki pul olishmaydi ular ishlashadi”, – deydi Tojikiston rahbari.

Imomali Rahmon har bir davlatning o‘ziga xos muammolari, masalalari, anʻana va urf-odatlari borligini qayd etdi. U Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning qo‘shniligiga eʻtibor qaratib, bundan hech qayerga qochib bo‘lmasligini taʻkidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sobiq Ittifoqdek siyosat olib bormaslikni iltimos qildi.

“Vladimir Vladimirovich, men sizdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sobiq Sovet Ittifoqi kabi siyosat yuritmasligingizni so‘rayman”, – dedi Imomali Rahmon.

Vaziyatni yumshatishga urungan sammit raisi Qosim-Jomart To‘qayev Rahmonga “betakror nutqi” uchun minnatdorlik bildirdi. U har bir uchrashuvda davlat rahbarlari Sovet Ittifoqini eslatishiga to‘xtaldi.

“Bu 30 yildan beri mavjud emas, uning qulashini hech birimiz uyushtirmadik. Ammo, boshqa tomondan, xolisona aytish kerakki, Sovet Ittifoqi avtonom respublikalar va milliy hududlarni rivojlantirishga munosib eʻtibor bergan. Bu, ayniqsa, taʻlim va sog‘liqni saqlash sohalarida namoyon bo‘lgan. Buni tan olish kerak”, – dedi Qosim-Jomart To‘qayev.

photo 03 188

Tojikiston Prezidentining aytganlar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqdi. Twitter va Facebook da uni olqishlab, jasoratini alqayotganlar minglab topiladi. Ammo jamoatchilik orasida boshqa savol ham paydo bo‘lyapti. Bu haqiqatan ham Imomali Rahmonning 28 yillik boshqaruv davrida to‘plagan tajribasi ortidan tug‘ilgan fikrlarmi yoki “Markaziy Osiyo – Rossiya” forumi uchun maxsus tayyorlangan, buning ortida boshqa gaplar yotgan nutqmi?…

To‘liq video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.