Texnologiyalar
Google va Facebook millionlab dollar jarimaga tortildi
Janubiy Koreya hukumati Alphabet Google va Meta Platforms (Facebook) xizmatlaridan maxfiylik qonunchiligini buzgani uchun o‘nlab million dollar jarima undirdi, – deya xabar bermoqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakatning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha komissiyasi (PIPC) o‘z bayonotida Google’ ni 69,2 milliard von (50 million dollar) va Meta’ ni 30,8 milliard von (22 million dollar) jarimaga tortganini bildirdi.
Kompaniyalar foydalanuvchilarining qiziqishlarini aniqlash yoki ularni moslashtirilgan reklamaga yo‘naltirish uchun xatti-harakatlar ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilishda ularning roziligini olmagan.
Biz komissiya qaroriga qarshimiz. Har doim foydalanuvchilarga nazorat va shaffoflikni ta’minlaydigan, shu bilan birga eng foydali mahsulotlarni taqdim etuvchi doimiy yangilanishlarni amalga oshirishga sodiqligimizni ko‘rsatib kelganmiz, – dedi Google vakili.
Meta vakili esa kompaniya komissiya qarorini hurmat qilsa-da, mijozlar bilan qonuniy tarzda ishlayotganiga aminligini, shuning uchun komissiya qaroriga rozi emasligini bildirgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi