Texnologiyalar

O‘zbekiston Starlink ilovasini yuklab olish bo‘yicha TOP-5 ga kirdi

photo 02 12

Loading

Mamlakatimizda Ilon Maskning Starlink sun‘iy yo‘ldosh internet xizmati hali beri ishga tushganicha yo‘q, lekin SensorTower bergan ma’lumotlarga asoslanib, PCMag nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston Starlink ilovasini App Store va Google Play Store dan yuklab olish bo‘yicha top besh mamlakatlar qatoriga kirgan.

photo 02 262

Xabarlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy yuklab olishlarning 38%, yoxud 889 000 ko‘rsatkich bilan Starlink eng ko‘p yuklab olingan hudud bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda esa Ilon Mask Starlink bepul xizmat ko‘rsatishda davom etishini aytgan Ukraina davlati bo‘lib, mamlakatdagi yuklab olishlar soni 800 000 dan ortiqni tashkil qiladi. Kanada davlati 209 000 yuklab olishlar bilan 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 4-o‘rinni avstraliyaliklar 64 000 yuklab olishlar bilan band qilishgan. Hali Starlink ishga tushmagan O’zbekistonda esa uning ilovasi 42 000 dan ortiq yuklab olingan va u umumiy yuklab olishlar sonining 2% ni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joizki, ilova yuklab olish uchun bepul bo‘lib, u bilan siz Starlink ka buyurtma berishingiz yoki mavjud qurilmalar bilan Starlink ni o‘rnatishingiz va internet tezligini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Starlink xaritasida O‘zbekiston 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirganligi ko‘rsatilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.