Islom
Yo‘lni berkitganga gunoh yoziladimi?
Savol: Qo‘shnim hamma foydalanadigan yo‘lni to‘sib, o‘zining uyi hududiga qo‘shib oldi. Atrofida 5-6 oila yashaymiz, o‘tishimizga yo‘l yo‘q. Boshqa bir qo‘shni o‘z uyining devorini yiqitib, yo‘l ochishga majbur bo‘ldi. Aytingchi, dinimizda yo‘lni berkitganga gunoh yoziladi-mi?
Javob: Ibn Umardan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Kim nohaq biron yerni olib olsa, qiyomat kuni yetti qavat yer ostida qoldiriladi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Dinimizda qo‘ni-qo‘shnilarga ozor bermaslik, ularni behurmat qilmaslik naqadar zarur ish ekani ta’kidlanadi. Qo‘ni-qo‘shnilarga yomon munosabatda bo‘lish, ularga ozor berish o‘qilgan nafl namozlar, tutilgan nafl ro‘zalarni ham yuvib ketib, ularni foydasiz holga keltirib qo‘yadi. Aksincha, qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashagan, ularga ozor bermagan odam katta baxt-saodatga erishadi va ahli jannatdan bo‘ladi.
Qo‘shnilarning yo‘lini to‘sish ham ularga ozor berish hisoblanadi. Bunday ishlardan tiyilish, tavba qilish, qo‘shnilardan uzr so‘rash lozimdir.
Muallif: Muhammad Ayyub Homidov.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi