Islom

Folbinga borish gunohmi?

picture 2

Loading

Jamiyatimizdagi ba’zi kishilar ruju qo‘ygan e‘tiqodga zid bo‘lgan amal – fol ochtirish, folbinlik bilan shug‘ullanishdir. Muqaddas dinimizda folbinlarga ishonmaslik ta‘kidlab o‘tilgan bo‘lib, ishonish esa shirkga tenglashtirilgan. Nafaqat, Folbin balki folbinga borgan odam ham gunohkordir. Zero, bu holatda iymondan chiqish ham mumkin. Muqaddas hadisi sharifda shunday deyilgan: “Kim folbinga ishonsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kofir bo‘libdi”.

Musulmon kishilar folbinlar gapiga ishonishi, uni tasdiqlashi – sof islom aqidasiga zid ekanligini bilib olmog‘i lozim. Aytish joizki, bugungi kunda folbinlar va ularning yolg‘on kirdikorlariga aldanib qolayotganlar orasida ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular o‘zlarini “Ota-bobolarimiz folga ishonma, folsiz ham yurma degan”, – deb aldashga urinadilar. Vaholanki, butun Islom olamiga dars bergan ajdodlarimizning birorta ham asarlarida bu kabi asossiz gaplar uchramaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim folbinga borib uning gapiga ishonsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsadan ajrabdi. Kim uning huzuriga kelsa-yu ,gapiga ishonmasa, 40 kecha namozi qabul bo‘lmaydi”. Xulosa qilib aytganda, folbin turli vositalar bilan g‘aybni bilishini da’vo qiladigan shaxsdir. Shariatda ularning barchasi qoralangan. Folbinlar va ularni tasdiqlaganlarga “kofir” deb hukm qilingandir.

Bugungi kunimizda ham aynan sehr va folbinlik kabi illatlar tufayli odamlar orasida fitna paydo bo‘lib, er-xotin, aka-uka, opa-singil, qo‘ni-qo‘shni, ovsinlar orasida shubha gumon aralashib, oqibatda qarindoshlik rishtalariga putur yetkazmoqda. Shunday go‘zal yurtda islom dini qadrlanadigan diyorda yashab yurgan ekanimiz faqat va faqat Allohga ishonib yashashimiz kerak.

Alloh taolo barchamizga o’zi insof-u tavfiq berib, bunday shariatimiz man etgan ishlardan yiroq bo‘lmog‘imizga muyassar aylasin. Omin!

Muallif: Sadriddin Rajabov, Buxoro viloyati, Shofirkon tuman “Ahad Hoji Qilich o’g’li” jome’ masjid imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.