Buxoro yangiliklari
Buxoro aeroporti orqali Turkiyaga dronlarni olib chiqmoqchi boʻlganlar qoʻlga tushdi
Kuni kecha “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparat – dronni noqonuniy saqlab, oʻzi bilan xorijiy davlatga olib chiqishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi, – deya xabar bermoqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, “Buxoro – Istambul” yoʻnalishida harakatlanayotgan 2 nafar yoʻlovchining hatti-harakatlari hamda qoʻl yuklarining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli, tegishli tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Natijada, mazkur fuqarolar oʻzlari bilan qiymati 16,7 mln va 11,1 mln soʻmlik uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib chiqishga uringan vaqtida toʻxtatib qolindi.
Maʼlumot uchun, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida birgina “Buxoro aeroporti” bojxona posti xodimlari tomonidan 4 ta xuddi shunday holat aniqlangan hamda oldi olingan.
Hozirda esa yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib otamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarini, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, — 3 yilgacha va undan koʻproq muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi