Buxoro yangiliklari

Nega oftobani aeroport orqali olib chiqib boʻlmadi?

photo 3 2

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi Badiiy ekspertiza bo‘limi hamda “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari bilan birgalikda nazorat tadbiri o‘tkazilganda, fuqaro A. A. tomonidan XX asrga tegishli boʻlgan oftoba (obdasta)ni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga urinish holati aniqlandi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, mazkur madaniy meros obyekti – oftobaga belgilangan tartibda san’atshunoslik eksperti xulosasi tayyorlanib, predmet Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan madaniy meros obyektlarini olib chiqishga doir bir necha hujjatlar mavjud boʻlib, unga koʻra, ushbu predmetlarni mamlakatimiz hududidan olib chiqish taqiqlanadi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.