Texnologiyalar

Kutib oling: “Lenovo”dan bo‘yiga cho‘ziladigan noutbuk – video

photo 795

Loading

O‘zining “Tech World 2022” taqdimotida Lenovo bo‘yiga cho‘ziladigan ekranli noutbukni taqdim etdi. Namoyish qilingan videodan ko‘rish mumkinki, kompyuter ekrani klaviatura ostidan asta-sekin yuqoriga tortiladi va u juda uzun ekranga aylanadi.

Ekranni istalgan joyda ushlab qola olasizmi yoki ekran to‘liq cho‘zilib olishini kutasizmi, bu hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ikinchi talqin haqiqatga ko‘proq to‘g‘ri kelishi mumkin.

Shuningdek, hozircha noutbukning ekran o‘lchamlari ham oshkor qilinmagan, videodan taxmin qiladigan bo‘lsak, 23 sm li ekran 33 sm ga cho‘zilayotgan bo‘lishi mumkin. Bunda ekran 50% kattalashmoqda. Bu xuddi noutbuk uchun ikkinchi monitorni, uning klaviaturasiga joylab qo‘yilgandek gap.

Albatta, bu konsept hali tasqiqlanmagan loyiha bo‘lib, noutbuk haqiqatda bozor yuzini ko‘rishi afsuski, aniq emas. Sababi, bunday qurilma ishlab chiqilishiga bir necha yil kerakdek, nazarimizda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.