Buxoro yangiliklari
Bojxonachilar nega aynan Buxorodagi “Muruvvat uyi” bog‘ida ko‘chat o‘tkazishdi?
Bugun yurtimizda hududlarni koʼklamzorlashtirish orqali ekologik muhtini yaxshilashga qaratilgan izchil ishlar davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʼkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Farmoni bu boradagi amaliy ishlohotlarning asosi boʼldi, – desak yanglishmaymiz.
Аyni kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlarida faol ishtirok etayotgan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Buxoro shahridagi nogironligi boʼlgan bolalar uchun moʼljallangan “Muruvvat” uylariga tashrif buyurib, bu yerning yana ham obod boʼlishga oʼz hissalarini qoʼshishmoqda.
Ko‘chat o‘tkazishdan oldin bojxona xodimlari “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilarini koʼnglini koʼtarish asnosida ularning holidan yana bir bor xabar olishdi. Shundan soʼng koʼchatlar oʼtqazishga kirishildi. Bojxona xodimlari tabiat qoʼynida jismoniy mehnat bilan shugʼullanish asnosida 200 tupdan ortiq koʼchatlarni dehqonchilik sir-asrorlariga rioya etgan holda, koʼz ochib, yumguncha ekishdi.
Bugun bu yerga oʼtkazilgan nav-nihollar unib-oʼsib, kelajakda “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari uchun mevali hosil bersa, bojxona xodimlari oʼzlarining yana bir ezgu maqsadlariga erishgan boʼlishadi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati rahbari Durdona Qayumova.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi