Buxoro yangiliklari

Bugun Buxoroda yomgʻir yogʻadi

photo 5 2

Loading

Oʻzbekiston gidrometeriologiya xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga qaraganda, bugun, 30-oktabr kuni Buxoroda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda kuchli yog‘ishi mumkin. Havo harorati +10 °C dan +15°C gacha iliq boʻladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

Mamlakatimiz boʻyicha faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda, harorat +11°C dan +13°C gacha iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yogʻib, qorga aylanishi, baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.