Buxoro yangiliklari

Qorako‘l tumanidagi qurilish obyektida nima sodir bo‘ldi?

photo 803

Loading

Joriy yilning 29-oktabr kuni Qorako‘l tumanida hamkorlikdagi tashkilotlar birgalikda “Tugallanmagan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektlarda kuz-qish mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldin olish va ularda harakat qilish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi, – deya xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

O‘tkazilgan o‘quv mashqi maqsadi tuman hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish, yuqori tayyorgarlik darajasini ta’minlash va o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish, tajriba almashish etib belgilandi. Mashg‘ulot amaliy va nazariy qismlarga bo‘linib o‘tkazildi. Nazariy qismda FVDT xizmatlari xodimlari tomondan o‘quv mashqi maqsadi, vazifasi va dolzarbligi to’g’risida tushuntirishlar berildi.

photo 02 271

Amaliy qismida qurilish obyektida shartli zilzila va uning oqibatida yong‘in kelib chiqqanda jabrlangan fuqarolarni qutqarish, ularga birinchi yordam ko‘rsatish tadbirlari tuman FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda bajarildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.