Mashhurlar
“Tuzalmasam ham kerak deb oʻylaganman” – Milliy TV boshlovchisi Dilmurod Gʻofurov
“Millar” koʻrsatuvi boshlovchisi YouTube dagi “Yashin TV” loyihasiga bergan intervyusida qattiq stressga tushib qolgani haqida gapirdi
“– Hamma mendan soʻraydi, sochizdagi oqlar nima sababdan deb, chunki ancha yillar oldin men boshimdan katta stressni oʻtkazganman. 2016-yildagi voqea hech qachon esimdan chiqmaydi. Tuzalmasam ham kerak, bu dard meni yeb bitirsa keragov, – deb oʻylaganman. Chunki bu azob, bu dard bilan 1 yil davomida kurashdim. Bormagan domlam, joyim qolmadi. Bu dard nimaki, men juda kutilmagan vaziyatda yeng yaqin insonim otamni yoʻqotib qoʻydim”, – deydi boshlovchi.
Muxbirning bu darajaga yetishishi va sanʼatda uni doim qoʻllab quvvatlaydigan insoni bu otasi boʻlgan. Eng yaqin insonini birdan yoʻqotib qoʻyish esa uni stressga solgan.
“– Mening armonim bor, aynan bugungi kundagi chiqishlarimni, odamlarning fikrini otam eshita olmadi va koʻrolmadi. Chunki u meni shuncha qoʻllab-quvvatladi. Yaqinda tugʻilgan kunim boʻlib oʻtdi, bunday quvonchli kun esa otamsiz tatimadi”, – deydi Dilmurod.
Avvalroq, Dilmurod Gʻofurov intervyusida TV orqali nega noodatiy lavhalar tayyorlab chiqishining sababini ochiqlagan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi