Mashhurlar

Andijondagi kafe Jaloliddin Ahmadaliyev va Hamdam Sobirovning qoʻshiqlari sabab, jarimaga tortildi. Nega?

photo 807

Loading

Andijondagi kafeda xonandalar Hamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi qoʻshiqlardan hech qanday ruxsatsiz hamda tegishli litsenziya shartnomasini tuzmagan holda foydalanayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Adliya boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Andijon shahridagi umumiy ovqatlanish joyida jamiyat aʼzolari hisoblangan Hamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi qoʻshiqlardan hech qanday ruxsatsiz hamda tegishli litsenziya shartnomasini tuzmagan holda foydalanayotganligi yuzasidan boshqarmaga murojaat kelib tushgan.

Murojaatni koʻrib chiqish davomida haqiqatdan ham Andijon shahrida faoliyat yurituvchi “M. S. P.” MChJ tomonidan Hamdam Sobirov ijrosidagi “20-mart”, “Tentakcham” hamda Jaloliddin Ahmadaliyev ijrosidagi “Janonim”, “Yor bizdan ketdi” nomli qoʻshiqlari hech qanday ruxsatsiz va tegishli shartnoma tuzmagan holda omma eʼtiboriga yetkazilib kelinayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, oʻrganish yuzasidan tadbirkorga yuqorida qayd etilgan qoʻshiqlarni foydalanadigan ijrolar roʻyxatidan (pleylist) oʻchirishni soʻrab, taqdimnoma kiritilib, jamiyat rahbariga mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanish lozimligi tushuntirilgan.

“Shundan soʻng Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudiga tadbirkordan xonandalar foydasiga tovon puli undirish hamda mualliflik huquqini tiklash haqida daʼvo arizasi kiritgan. Sud daʼvo arizani qanoatlantirib, javobgardan daʼvogarlar Jaloliddin Ahmadaliyev hamda Hamdam Sobirovlarga mualliflik huquqini buzilishi natijasida kelib chiqqan har biriga 30 million soʻmdan zararni undirish belgilangan”, – deyiladi Adliya boshqarmasi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jaloliddin Ahmadaliyevning oʻzi ham mualliflik huquqini buzganlikda ayblangandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.