Mashhurlar
“To‘ydan keyin 5 yil go‘sht yemasak-da, ayolim biror marta buni yuzimga solmagan” – “Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov
“Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov “Daryo” nashrining YouTube dagi kanaliga bergan intervyusida tomoshabinlar beldan past mavzudagi kulgiga moyil ekanligi va pulga bo‘lgan mehrini so‘ndirgani haqida so‘zlab berdi.
– Bozorga tushgan insonda cho‘ntagi ko‘tarishiga qarab, arzon yoki qimmat narsani xarid qilish imkoniyati bor. Hozir qiziqchilikni tanlaydigan jamoalarga ham xuddi shu imkoniyat berilgan. Ular ijodni boshlashdan avval YouTube tarmog‘iga kirib, qiziqchilarning chiqishlarini kuzatyapti. Odamlar qanday mavzudagi hazillarga qiziqishlarini o‘rganyapti. Yaqinda Farg‘onada yangi kulgi jamoasini tuzishibdi. “Iltimos, chiqishimizni ko‘rib bering”, deb iltimos qilishdi. Ishoning, ularning chiqishi faqat beldan past mavzudagi hazillardan iborat. “Bu nima chiqish?” deb koyib berdim. “Aka, ana jamoalar ham shunday hazillarni olib chiqishyapti-ku”, dedi. To‘g‘ri, jamoalarda ochiq hazillar ko‘p. Buni inkor etmayman. Ammo bittta konsertda kamida 4-5 marta ishlatishadi, xolos.
Gapimni noto‘g‘ri tushunishmasin, o‘z fikrimni aytaman. Jamoalarning konsertiga tushishsa, odamlar aynan beldan past hazillarga odamlar miriqib kulishadi. Bu ochiq haqiqat. Bu gapim bilan ochiq kulgini targ‘ib qilish niyatim yo‘q. Sekin-asta yaxshi kulgi qadrlanib boryapti. Yashirmayman, ijodni boshlagan kezlarim men ham ochiq hazillardan foydalanganman. Ammo ijromda unchalik o‘xshamagan. Shuning uchun ochiq hazillardan umuman foydalanmayman, deb ahd qilganman. Hozir ham “Dizayn”dagi yakka chiqishlarimda bunday hazillardan foydalanmayman, — deydi Elmurod Haqnazarov.
Elmurod Haqnazarov suhbat davomida pulga bo‘lgan mehrining so‘nishi, odamlar undan katta miqdorda qarz ekanligi va ertangi kunidan qayg‘urmasligi haqida gapirdi.
– Uylanganimdan keyin ancha qiynalganman. Ishlardim, ammo oyligim birinchi oydan ikkinchisiga yetmasdi. Ayolimning o‘ziga aytmasam ham, hamisha undan minnatdorman. Chunki to‘ydan keyin 5 yil go‘sht yemasligimizga to‘g‘ri kelgan. Ammo biror marta buni yuzimga solmagan. Bir kuni uyda siqilib o‘tirsam, dadam buning sababini so‘radi. Unga moddiy jihatdan qiynalayotganimni aytdim. “Hamma muammoyingning sababi pulmi? Sen unga bo‘lgan mehringni so‘ndir, shunchalik qiynalmaysan”, dedi. Mana shu gapidan keyin pulga mehr qo‘ymaslikka o‘rgandim. To‘g‘ri, bu oson bo‘lgani yo‘q, ammo pulga mehrsiz yashash zavqliroq ekan. Ertangi kunimni o‘ylamayman, u-bu kim pul so‘rasa ham, benzinga pul olib, qolganini berib yuboraman. Reklama bo‘yicha ko‘pchilik tadbirkorlar bilan hamkorlik qilaman. Ular orasida ancha vaqtdan beri kelishuv pulini bermaganlari juda ko‘p. Agar hammasini yig‘sam, bitta mashinaning puli to‘plansa kerak. Ammo ularning pulni bermayotgani meni xavotirga solmaydi. Chunki haqqim birovga o‘tib ketmasligini yaxshi bilaman, – deydi “Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi