Mashhurlar
Davron Kabulov Alisher Botirovning “Million” jamoasidan ketganiga izoh berdi – video
Xabaringiz bor, Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida 20-oktabrdan 30-oktabrga qadar “Million” kulgi jamoasining yangi konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Har bir konserti katta qiziqish bilan kutiladigan “Million” jamoasini jamoaning yana bir a’zosi Alisher Botirov tark etdi.
Konsertga qisqa muddat qolganida Alisher Botirovning jamoadan ketgani haqida Davron Kabulov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida munosabat bildirdi.
Tomoshabinlar bir narsani inobatga olishlarini so‘ragan bo‘lardim. Biz ham issiq jonmiz. Ikkinchidan aslida bizni “Million”ga hech kim bog‘lab bermagan. Shu sababdan “Million”da avlodlar almashinuvi bo‘lishi juda ham normal va juda ham tabiiy holatdir. Agar avlodlar almashinuvi bo‘lmaganida, futbolda hali ham Marodana va Pele o‘ynab yurgan bo‘lardi. Shuning uchun bu holatga juda ham oddiy yondashish kerak, deb o‘ylayman. Bitta o‘yinchi o‘zining o‘rnini bo‘shatib berayotgani, bu ikkinchi yangi, hozircha pastroq darajadagi, lekin ertaga yana ham kuchliroq bo‘lib ochilishi mumkin bo‘lgan ijrochiga imkoniyatlar eshigini ochadi.
Nazarimda “Million” jamoasi oxirgi besh yil davomida istalgan ishtirokchi bilan xayrlashgan taqdirda ham, ishlashda, harakatlanishda davom etishini menimcha isbotlab kelyapti, deb o‘ylayman.
Bundan keyin ham vazifamiz o‘zgarmaydi. Yosh, iste’dodli yigit va qizlarni sahnaga qadam qo‘yishiga sababchi bo‘lish, ularga imkoniyat berish, ijrolarini yaxshi tomondan xalqqa namoyish etish vazifamiz, qolgani baribir ularning o‘ziga bog‘liq, biz imkon qadar sababchi bo‘lsak, shundan xursand bo‘lib qolamiz.
Alisher bilan biz yomon xayrlashishimiz mumkin emas edi, deb o‘ylayman. Chunki shu vaqtgacha, birga bosib o‘tgan yo‘limiz ham bunga yo‘l bermas edi. Hayotda bizning aka-ukaligimiz, do‘stligimiz va qadrdonligimiz saqlanib qoldi. Biz sahnadan tashqari holatlarda doimo bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Masalan Umidjon Haydarov ham sahnani orqasida turib, savol-javob shartimizda bizga yordam berib, turli qiziq variantlar aytib turdi.
Bir narsani tushunishlaringizni xohlayman. Biz “Million”dan hech kimni “bor, yo‘qol” deb haydab yubormaymiz. Bunga ma’nan haqli ham emasmiz. Chunki ozgina bo‘lsa ham “Million”ga hissasi qo‘shilgan ijrochini bizga katta ahamiyati bor, deb o‘ylaymiz. Lekin odamlar bilan, jamoa bilan shunchaki, do‘stona xayrlashib ketish ham mumkin-ku. Kimdir o‘zining hurmatiga o‘tirib ketmasa, hammani qarorini qo‘llab-quvvatlab, hurmat qilyapmiz. “Ketaman”, degan ijrochini qo‘lidan ushlab turmayapmiz, ishlayman deganni yo‘liga to‘siq qo‘ymayapmiz, imkoniyati bo‘lib, biz bilan birga bo‘lsa, biz faqat xursand bo‘lyapmiz. Lekin mening yo‘lim boshqa tomonda desa, unga faqat omad tilab qolamiz, boshqa ortiqcha gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas.
Davron Kabulov, “Million” kulgi jamoasi a’zosi, shoumen.
Manba: Daryo nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi