Mashhurlar

“Yotib kuylagan qiz” nomi bilan tanilgan Dilnoza nega Moskvaga tez-tez borib turadi? – video

photo 814

Loading

“Yotib kuylagan qiz” nomi bilan tanilgan Dilnoza YouTube dagi “Yashin TV” loyihasiga bergan intervyusida Moskvada yigiti borligi, oʻsha yerda turmushga chiqqani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“Voy shunaqa romantikani koʻrganmisiz? Qayerda koʻrgansiz qiz bola oʻzi sevib qolib, Moskvaga borib, yigiti bilan koʻrishganini. Men yaxshi koʻrib qolishim mumkin, lekin bu darajada mubtalo boʻlib, kimningdir orqasidan Moskvagacha bormayman. Tan olaman, juda koʻp boraman. Hatto yaqinda yana 4 kunga, ʻyigitim oldigaʻ ketaman”, – deydi xonanda.

Xonandaning aytishicha, u yerda armanistonlik rejissyorlar bilan hamkorlikda ikkita katta loyiha boshlagan va bugungi kunda ayrim sabablarga koʻra bu ish toʻxtagan, agar muammolar tez hal boʻlsa, ular tomonidan ishlangan kinoga “soundtrack” kuylab chiqadi. Shu bilan birga, xonanda oʻz qoʻshigʻiga klipni ham u yerda suratga olish rejalashtirayotganini va shu uchun Moskvaga koʻp borishini aytgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.