Mashhurlar

Feruza nega «Zakiylar» loyihasida qatnashmayotganini aytdi

photo 816

Loading

Bloger Feruza “Shoubiz.uz”ga bergan intervyusida “Zakiylar” loyihasida nega qatnashmayotganini aytdi.

“– Menga Muhammad Amin ʻFeruza men sizga Alloh guvohligida aytyapman agarda turmush oʻrtogʻingiz qarshi boʻlmasa, kelajakda siz boʻldi video olishni toʻxtatamiz demaguningizgacha toʻxtatmaymizʻ,—deb aytgan edi, lekin bugungi kunda biz birga ishlamayapmiz. Turmush oʻrtogʻim Muhammad Amin bilan video roliklarda birga chiqishimga ruxsat bergan edilar chunki insonlar uchun foydali boʻlsa bunga eʼtirozim yoʻq deganlar. Shu uchun birga chiqish qilayotgan edik. Hatto toʻyimdan bir kun oldin ham Zakiylar uchun video rolik olganmiz va oʻsha kuni kechqurun taxminan soat oʻn bir, oʻn ikkilarda uyga kirib kelganman”, – deydi Feruza.

U kelinlik xizmatlari sabab bir haftadan ortiq boʻshamasligi uchun oldindan video rolik syomkasiga tushgan. Feruzaning aytishicha, toʻyidan bir hafta oʻtib u yana ijodni boshlab yuborgan va bunga uning qaynonasi hamda turmush oʻrtogʻi qarshi boʻlmagan balki qoʻllab-quvvatlagan.

“– 4 oy davomida faqat “Zakiylar” uchun ishlaganmiz. Hech qachon oʻsha paytda oʻzimni oʻylamaganman. Chunki u jamoani oilamdek koʻrganman. Bu jamoaga kirishdan oldin oʻzimni bizneslarim ham boʻlardi, hatto ularni ham yigʻishtirib qoʻyganman. Lekin bugungi kunda nega meni chaqirishmayotganligining sababini tushuna olmayapman. Aynan Zakiylardan ketishimga birorta sabab yoʻq. Meni oilam tomonlama, oʻzim tomonlama ham hech qanday qarshilik qilinmagan, lekin ular meni chaqirmay qoʻyishdi”, – deydi bloger.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.