Jahon

Ilon Mask Twitter ni sotib olib, shu zahotiyoq uning boshliqlarini ishdan oldi

photo 820

Loading

Tesla va SpaceX yetmagandek, Ilon Mask endi Twitter ga ham egalik qiladi. Milliarder ijtimoiy tarmoq kompaniyasini sotib olish kelishuvini 6 oylik bahslardan so‘ng va nihoyat yakunladi.

“Qush ozod qilindi”, – deydi Mask o‘zining rasmiy Twitter sahifasida. Nafaqat qush, balki Mask Twitter ning bir nechta katta rahbarlarini ham o‘z lavozimidan ozod qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jek Dorsidan keyin Twitter bosh direktori lavozimini egallagan Parag Agraval va Twitter ning bosh moliyaviy direktori Ned Segal ni ishdan bo‘shatilgan. “Reuters” axborot agentligiga ko‘ra, ularni ofisdan xavfsizlik xodimlari tashqariga “kuzatib qo‘yishgan”. Ilon Mask o‘zi oshkora tanqid qilgan Twitter ning siyosat boshlig‘i Vijaya Gadde ham ishdan olingan. Bosh maslahatchi Shon Edgett ham ketdi, – deya xabar bermoqda “The New York Times” (uni ham xavfsizlik xodimlari kuzatib qo‘yishgan). Qolaversa, mijozlar bo‘yicha bosh direktor Sara Personet ham o‘z lavozimidan ozod qilingan.

Ammo, ular quruq bilan ketishmagan va ishdan olinganliklari uchun ehtimol hayotlari davomida ko‘rmagan to‘lovlarni qabul qilishgan. “Insider” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Agraval $38 700 000, Segal $25 400 000, Gadde $12 500 000 va Personette esa $11 200 000 olgan.

Xabarlarga ko‘ra, Ilon Mask Twitter kodini tekshirish uchun ba’zi Tesla injinerlarini ham olib kelgan. Hozircha milliarder Twitter ga qanday o‘zgartirishlar kiritirishi haqida biron nima deyish qiyin, lekin Ilon Mask ijtimoiy tarmoq moderatsiyasi, yoxud Donald Trampni platformadan ban qilish kabi Twitter siyosatlarini yumshatishi mumkinligi aytilmoqda. Bundan avval Mask Twitter dan hamma narsaga ega «X» ilovasini yaratish uchun foydalanishi haqida aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mask Twitter ni sotib olgandan keyin avval butublay blok qilib qo‘yilgan AQSh ning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini ochib qo‘yishga va’da bergan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.