Buxoro yangiliklari

Buxoroda Tenge bank binosi yonida yana bir baxtsiz hodisa yuz berdi

photo 828

Loading

Kecha, 31-oktabr kuni Buxoro shahridagi 6-kichik nohiya, “Do‘stlik” MFY, Turdi Farog‘iy ko‘chasi, Tenge Bank Buxoro filiali yonida joylashgan qurilishi tugallanmagan 3 qavatli binoning tom qismida qurilish materiallarining vazndan ortiq yuklanishi natijasida, binoning yuk konstruksiyalari (regil plitalari) qulagan. Mazkur bino “Kogon Quruvchi montaj” MChJ ga qarashli bo‘lgan.

Natijada binoda quruvchi bo‘lib ishlayotgan Jondor tumani “Xo‘jaxayron” MFY, Xo‘jaxayron qishlog‘ida yashovchi 49 yoshli fuqaro R. K. tan jarohati olib, Buxoro viloyati FVB qutqaruvchilari tomonidan ichkaridan olib chiqilgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida yotqizilgan.

Hozirgi vaqtda Buxoro viloyati qurilishi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan binoning qulab tushishi bilan bog‘liq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.