Jahon
Dunyoda grippning yangi va o‘ta xavfli gibrid turi kezib yuribdi
Dunyoning koʻplab hududlarida mavsumiy gripp xastaligi keng tarqalayotgan bir pallada olimlar yangi gibrid viruslar paydo boʻlganidan xavotirda, – deya yozmoqda mamlakatimiz SSV.
Eng yomoni, ushbu yangi mutatsiyalar inson immunitetiga oson “chap bera oladi”. Yaʼni organizmda gripp infeksiyasiga qarshi antitanalar shakllangan boʻlsada, ularni qiyinchiliksiz chetlab oʻtib, sogʻlom hujayralarni zararlaydi.
Mutaxassislarning izoh berishicha, ikki virusning birlashishi fanda konfeksiyalar deb ataladi. Biroq Shotlandiyaning Glazgo universiteti olimlari tomonidan inson oʻpkasida oʻtkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi.
Biz soʻz yuritayotgan gibrid gripp infeksiyalari shu tariqa shakllangan va olimlar hali bunday virusga duch kelishmaganini taʼkidlamoqda.
Xavotirli jihati, ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Yaʼni infeksiya oqibatida oʻpka toʻqimalari yalligʻlanib, uning boʻshligʻi suyuqlik bilan toʻlishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi ogʻirlashib, hayoti xavf ostida qoladi.
Biz esa o‘z kuzatuvchilarimizga uy shifokori bilan maslahatlashgan holda grippga qarshi emlanisgni tavsiya qilgan bo‘lardik.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi