Salomatlik
Stressga tushib qolganingizning 6 ta alomati
Surunkali stress uzoq vaqt davomida biror belgi bermasligi natijasida organizm uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Og‘ir ish, munosabatlardagi qiyin davr, uzoq davom etgan kasallik, o‘tkazib yuborilgan ta’til yoki shunchaki uzoq vaqt g‘amginlik organizmda stress gormoni – kortizolining to‘planishiga olib kelishi mumkin. O‘z-o‘zidan u xavfli emas, agar uzoq vaqt qolib ketmasa. Ammo kortizol darajasi doimiy ravishda ko‘tarilsa, organizmning muhim tizimlari zarar ko‘rishi mumkin: endokrin, yurak-qon tomir, asab kabilar.
Yuqori kortizol insulin rezistentligiga ta’sir qiladi va ikkinchi toifa diabet xavfini oshiradi, bu metabolizmimizni sekinlashtiradi va bel sohasida ortiqcha yog‘ paydo bo‘ladi. Kortizol uyqu sifatiga ta’sir qiladi, bu ko‘plab jiddiy kasalliklar, shu jumladan, saraton xavfini oshiradi. Qisqa qilib aytganda, surunkali stressni imkon qadar erta bilish va u bilan kurashishni boshlash juda muhimdir.
Qorin sohasida og‘riq
Miya va ichakning asab tizimi biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq chambarchas bog‘liq: yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar ichakning yomon ishlashi va depressiya xavfining ortishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni tasdiqladi. Stress oshqozon-ichak traktiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu diareya, ich qotishi, ko‘ngil aynishi va hatto qayt qilish hamda qorin og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Agar gastroenterolog hech qanday kamchilik topmagan bo‘lsa va noqulaylik tark etmasa, mashqlar kurashish usullaridan biri bo‘lishi mumkin: sport paytida ishlab chiqarilgan endorfinlar nafaqat xursand qiladi, balki ichak faoliyatini yaxshilaydi va stressni kamaytiradi.
Soch to‘kilishi
Inson kuniga 80 dan 100 tagacha soch tolasini yo‘qotadi — bu me’yor. Agar to‘satdan taroqda sezilarli darajada ko‘p tolalar paydo bo‘lsa, so‘nggi olti oy ichida jiddiy stress yuz bergan bo‘lishi mumkin. Stress davrida androgenlarining chiqarilishi kuchayadi, bu esa soch follikulalarini buzilishi va soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Yaxshi tomoni shundaki, stress o‘tib ketganidan so‘ng soch to‘kilishi ham to‘xtaydi.
Ko‘z qovog‘ining uchishi
Ko‘z qovog‘i hech qanday sababsiz ucha boshlaganida, uni to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, shifokorlar buning sababini stress deb hisoblaydi. Qovoq uchishi bilan kurashish uchun ko‘zni yumish, dam olishga harakat qilish va chuqur nafas olish tavsiya etiladi. To‘rt soniya davomida nafas olish, nafasni yetti soniya ushlab turish, keyin sakkiz soniya davomida nafas olish kerak. Bu to‘rt marta takrorlanadi va barmoq ko‘z qovog‘iga bosiladi. Agar ushbu alomat tez-tez takrorlansa, surunkali stress bilan kurashish usullari haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Husnbuzarlar
Husnbuzar toshishining sabablaridan biri erkaklik gormonlari konsentratsiyasining oshishi bo‘lishi mumkin, ularning chiqishi stress paytida faollashadi. Albatta, husnbuzar noto‘g‘ri ovqatlanish, immunitetning pasayishi, sifatsiz kosmetikadan foydalanish va hatto ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Ammo agar toshma ko‘paysa, bu stressning alomatidir: organizm doimo stress bilan kurashadi va o‘z kuchini yo‘qotishi natijasida terida muammolar paydo bo‘ladi.
Bel sohasida og‘riq
Stress vaqtida yurak urish tezligini oshiradi va mushaklarni taranglashtiradi. Agar stress o‘tib ketsa, gormonlar normal holatga qaytadi va mushaklar bo‘shashadi, hech qanday qo‘rqinchli narsa bo‘lmaydi. Ammo stress surunkali holga o‘tsa, mushaklar doimo zo‘riqishda bo‘ladi, bu esa og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin. Agar og‘riq davom etsa, shifokorga murojaat qilish va har kuni oddiy mashqlar uchun vaqt topishga harakat qilish lozim.
Toshmalar
Qichishadigan toshmalar ham stressning alomati bo‘lishi mumkin. Haddan tashqari ko‘p kortizol immunitet tizimini zaiflashtiradi va organizmga virus, shu jumladan teri infeksiyalarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar bilan kurashishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, immunitetning pasayishi ekzemaning kuchayishiga olib kelishi mumkin, bu uzoq muddatli stressning o‘ziga xos ko‘rsatkichli teri kasalligidir.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi