Salomatlik

Shamollashning Siz xayolingizga ham keltirmagan 5 ta belgisi

photo 840

Loading

Burun bo‘shlig‘i, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal va yoshlangan ko‘zlar — agar sizda shu kabi alomatlar kuzatilsa shamollaganingizni darhol bilasiz. Biroq virusli kasalliklarning juda erta namoyon bo‘ladigan ayrim belgilari borki, ular oddiy shamollashning belgilariga o‘xshamaydi va agar siz bu kasallikni yuqtirgan bo‘lsangiz, belgilar shamollaganingiz haqida sizni ogohlantirishi mumkin. Shamollashdan oldin yuzaga keladigan ilk belgilar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

G‘ayrioddiy tushlar
Bir vaqtning o‘zida bir nechta tadqiqotlar dahshatli tushlar yoki esda qolarli tushlar o‘rtasidagi g‘alati sujet bilan bog‘liqligini tasdiqladi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, holat haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq, bu esa chuqur uyqu paytida miyaning faollashishi va shu bilan g‘ayrioddiy va esda qolarli tushlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shunday ekan, agar siz kecha-yu kunduz g‘ayrioddiy “filmlar” tomosha qilayotgan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni tekshirib ko‘ring.

Ovqatlarning ta’mi o‘zgargandek tuyuladi
Nafaqat til, balki burun ham sevimli ichimliklarimiz va ovqatlarimizning ta’mini aniqlashga yordam beradi — turli manbalarga ko‘ra, ta’m haqidagi barcha ma’lumotlarning 75 foizdan 95 foizgacha hid yordamida olamiz. Burun normal nafas olishni to‘xtatgandan so‘ng, ta’mni sezish qobiliyati pasayadi va bunday holatda odatdagi ertalabki qahva yoki sharbat mazasiz bo‘lib tuyulishi mumkin. Agar sizga ertalabki qahvangizda biror narsa boshqacha bo‘lib tuyulsa, qahva qaynatgichni almashtirishga shoshilmang — ehtimol sizda shamollash alomati bo‘lishi mumkin.

“Zararli” ovqatlarni iste’mol qilish
Kasallik — biz va tanamiz uchun doimo stressli holat hisoblanadi. Stressga duch kelganimizda, tezda o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradigan narsani qidiramiz va bu ko‘pincha shakar yoki tez singuvchi uglevodlar bo‘lishi mumkin. Biroq aslida, bu kabi holatlarda bizga apelsin, asal va limonli choy yoki bir piyola tovuqli sho‘rva — issiq va C vitaminiga boy narsalar yordam beradi. Agar ertalab “mumkin bo‘lmagan” narsalarni qilsangiz, apelsin iste’mol qiling va shamollaganingizni tekshiring.

Chanqash
Shamollash paytida tanamiz yo‘tal va aksirish, shuningdek, burun oqishi tufayli suvni faolroq yo‘qotadi. Bundan tashqari, haroratning yengil ko‘tarilishi (xuddi shu harorat 37.2) ham tananing suvsizlanishiga olib keladi va tashnalikni keltirib chiqaradi. Ichishingizda ishonch hosil qiling (va yaxshisi mevali ichimliklar yoki limonli iliq choy iching), biroq tanaga ortiqcha yuk tushmasligi uchun ularning miqdorini haddan tashqari oshirmang.

G‘ayrioddiy bosh og‘rig‘i
Virusli kasalliklarning yana bir “klassik” belgisi — mushak og‘rig‘idir. Biroq ba’zida kasallik paytida bosh terisi sezgir bo‘lib qoladi va bemorlar, masalan, sochlarini tarash yoki yuvish paytida og‘riqni his qilishadi. Ushbu alomat sinusit, yallig‘lanish yoki burunni qoplaydigan to‘qimalarning shishishi haqida ogohlantirishi mumkin. Shuning uchun, agar bosh terisi juda sezgir bo‘lib qolsa, sog‘lig‘ingizga ehtiyot bo‘ling.

photo 02 274

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.