Salomatlik
Uyqu nafaqat chiroyli tashqi ko‘rinish, balki sog‘lik uchun ham muhim
“Uyqu — eng yaxshi dori” iborasini eslaysizmi? Ilgari onalar va buvilar kasal bo‘lganda birinchi navbatda “uxlash kerak va hammasi o‘tib ketadi” deb maslahat berishgan, biroq endi neyrobiologlar ham bu fikrga qo‘shilmoqda.
Tyubingen universiteti tadqiqotchilari guruhi 2011-yilda doimiy va uzoq uyqu immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Uyqu yetishmasligi tananing himoya funksiyalarini zaiflashtiradi va unda sodir bo‘ladigan biokimyoviy, shu jumladan dorilar qo‘zg‘atadigan jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi.
Buni tekshirish uchun olimlar gepatit A ga qarshi ikki guruh insonlarni emladi; ba’zilarining uxlashiga ruxsat berildi, boshqalari esa kun davomida hushyor turishini so‘rashdi. Keyingi qon tekshiruvi birinchi guruhdagi insonlarning emlashga reaksiyasi va umumiy immuniteti uyqusizlikdan charchagan insonlarga qaraganda ancha yaxshi bo‘lgan. Bularning barchasi yaxshi gormonal muvozanat, qon, limfa oqimi va shuning uchun immunitet hujayralarining yuqori faolligi tufayli. Immunitet va uyqu o‘rtasidagi munosabatni o‘rgangan boshqa olimlar ham xuddi shunday xulosaga kelgan.
Bundan qanday xulosalar chiqarish mumkin? Juda oddiy: “immunitet” uchun superfudlar, zanjabil yoki vitamin qo‘shimchalaridan qanchalik foydalanmang, ularning yuz foiz ishlashiga yordam beradigan asosiy narsa — bu sog‘lom uyqu hisoblanadi. Yaqin kelajakda kech qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan kam foydalanish va tungi teleko‘rsatuvlarni kamroq tomosha qilish eng yaxshi motivatsiya.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi