Salomatlik

Surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish uchun uyquning minimal davomiyligini qancha?

photo 848

Loading

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, 50 yoshdan oshgan insonlar ko‘plab surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishi uchun kuniga kamida besh soat uxlashi kerak. Parij-Cite universiteti tadqiqotchilari shu xulosaga keldi.
Olimlarning ta’kidlashicha, keksa insonlar sog‘lom bo‘lishi uchun kuniga besh soat uxlashi kerak. O‘rtacha ko‘proq uxlaganlar sog‘liq bilan bog‘liq muammolariga duch kelmagan.
Tadqiqotda 50 yoshdan oshgan 7000 ga yaqin britaniyalik davlat xizmatchilari ishtirok etdi, ularda multimorbidlik sindromi bo‘lmagan. Ishtirokchilarning barchasi 1985-yilda Uaytxoll kogort tadqiqotida qatnashgan. Uaytxoll tadqiqoti sog‘liqning ijtimoiy determinantlarini, xususan, Britaniya davlat xizmatchilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining tarqalishi va o‘lim ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqdi. Ularning hozirgi ma’lumotlari uyqu va kasalliklarning rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni topish uchun yangi tadqiqotda tahlil qilindi.
Keng qamrovli tahlilda olimlar qisqa uyqu davomiyligi surunkali kasallikning boshlanishi va multimorbidlik bilan bog‘liqligini tasdiqladi, biroq surunkali kasallikka chalingan insonlarda bu holat o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmaydi.

Bir qancha tadqiqot natijalari:
– 50, 60 va 70 yoshda uyqu davomiyligi o‘rtacha 5 soatdan ko‘p bo‘lsa, multimorbidlik xavfi yuqori bo‘ladi, uyqu davomiyligi 9 soatdan kam bo‘lishi faqat 60 va 70 yoshda bo‘lgan insonlarda kuzatilgan;
– 50 yoshda qisqa uyqu vaqti birinchi surunkali kasallikning 20% ga ​oshishi va keyingi multimorbidlik xavfi bilan bog‘liq bo‘ladi, biroq bu diapazonda o‘lim bilan bog‘liqligi haqida aniq dalillar keltirilmagan;
– olimlarning fikriga ko‘ra, sog‘lom bo‘lish uchun 8 soat uxlash kerak, biroq boshqa rejalar bo‘lsa, unda kuniga 5 soat uxlash minimal vaqt hisoblanadi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.