Texnologiyalar
Kelasi yildan iPhone da sezilarli o‘zgarish bo‘ladi
Apple kompaniyasi o‘z iPhone larini USB-C bilan chiqarishini rasman tasdiqladi. Bu haqda kompaniya dunyo bo‘ylab marketing bo‘limining bosh vitse-prezidenti, Greg Josviak xabar berdi.
Joanna Stern “The Wall Street Journal” jurnalisti “WSJ Tech Live” konferensiyasida Yevropa Ittifoqining USB-C o‘tish qonuni haqida gap ochdi va Josviakdan kompaniyaning o‘z iPhone laridan Lightning portini olib tashlashishi ehtimoli haqida so‘radi.
“– Shubhasiz, biz rioya qilishimiz kerak; boshqa tanlovimiz yo‘q” – deydi Greg Josviak.
Shuningdek, qachon biz USB-C portiga ega iPhone ni ko‘rishimiz mumkinligi haqida so‘ralganida, Josviak “yevropaliklar (qonunchilar) yevropalik mijozlar uchun vaqtni belgilaydilar”, – deya javob bergan. Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi qonuniga ko‘ra, barcha mobil telefonlar va planshet 2024-yilning kuzigacha USB-C ga o‘tishlari kerak.
Apple o‘z qurilmalarida port alishtirishga majburlanayotganligidan xursand emasligini ma’lum qilingan. Kompaniya Yevropa Ittifoqi qoidalariga amal qilishini aytishdan avval Josviak Apple nima uchun “o‘z yo‘lidan yurishini” va injinerlariga ishonishini haqida ko‘p gapirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Lightning dan USB-C ga o‘tish ko‘plab elektron chiqindilarga sabab bo‘ladi.
Apple USB-C ga o‘tmasligi ehtimoli ham yo‘q emas. Mish-mishlarga ko‘ra, kompaniya 2024-yilgacha simsiz quvvatlanadigan portsiz iPhone ishlab chiqarishi ham mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi