Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi 2-maktab nega buzib tashlanmoqda?

photo 851

Loading

Yaqinda Buxoro shahridagi 2-umumtaʼlim maktabi sinfxonalaridan birining shifti qulab tushgan va bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Maʼlum boʻlishicha, ayni paytda 520 oʻrinli oʻsha oʻquv binosi buzib tashlanyapti. Buni mutaxassislar mazkur binoning eskirgani bilan izohlashmoqda, – deya xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri Istam Ibrohimov.

– Oʻquv dargohimiz uzoq tarixga ega, — deydi maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari A. Moʻminova. – U 1927-yilda hozirgi “Jalol Ikromiy” MFY joylashgan binoda ish boshlagan. Keyin esa mana shu moslashtirilgan binoga koʻchib oʻtilgan. Bu inshoot 1936-yilda barpo etilgan. Poydevori gʻishtdan tiklangan. Oʻshanda oʻquv maskani oʻgʻil bolalar maktabi sifatida faoliyat yuritgan.

Tabiiyki, yillar bu binoga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qoʻymadi. Toʻgʻri, taʼmirlandi. Ammo maktabning bir muallimasi taʼbiri bilan aytganda, eskisini yamaguncha esing ketar ekan. Oxir-oqibat bu binoni buzish qaroriga kelindi. Oʻquvchilarning bir qismi shahardagi 39-, 29-maktablarda oʻqitilyapti.

Gap shundaki, oʻqish oʻzbek va rus tillarida olib borilayotgan ushbu bilim dargohida oʻquvchilar soni koʻp. Ayni damda 2 165 nafar oʻgʻil-qiz tahsil olyapti. Darslar 2-smenada tashkil etilgan. Binobarin, eskisi oʻrnida qurilajak yangi binoning shuncha sonli oʻquvchi oʻrniga moʻljallab barpo etilishi ham muhim sanaladi.

Bizga maʼlum qilishlaricha, oldinda oʻquv binosi loyihasini tayyorlash, tender oʻtkazish kabi jarayonlar turibdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.