Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi yangi istirohat bog‘i qayerda barpo etilmoqda?

photo 853

Loading

“To‘qimachi” mahallasidagi Alpomish va Mustaqillik ko‘chalari kesishmasidagi bo‘sh turgan yer maydonida yangi bog‘ barpo etiladi. Bunga viloyat ekologiya boshqarmasi, viloyat obodonlashtirish boshqarmasi hamda qator korxona va tashkilotlar jalb etilgan.

Umumiy yer maydoni 1,7 gektar bo‘lgan istirohat bog‘ida quyidagilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan:
– sport maydonchasi;
– bolalar uchun alohida maydoncha;
– futbol maydonchasi;
– vorkaut va stritbol maydonchasi;
– o‘tirib, hordiq chiqarish uchun maxsus joylar;
– ixcham favvora;
– piyodalar yo‘lakchalarilari va b.

photo 02 276

Shiningek, “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida tashkil etilayotgan mazkur bog‘da manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilishi ham belgilangan bo‘lib, kecha, 1-noyabr kuni ushbu ishlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov bu yerga tashrif buyurib, loyihalar ijrosi bilan tanishib chiqdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.